Sulton Muhammad

Keldi Muhammad, Sulton Muhammad (?— 1532/33) — shayboniylardan hisoblanadi. Shohruhiya shahar va viloyat hokimi(taxminan 1517y.dan). Otasi Suyunchxoʻjaxon vafot etgach, Toshkent shahar va viloyat hokimi. Shayboniyxon davrida tarxonlikka koʻtarilgan. Shayboniylarning Shim.ga qilgan harbiy yurishlarida qatnashgan, natijada Sirdaryo boʻyidagi bir qancha mulklarni qoʻlga kiritgan. Shayboniy sultonlarning Xurosonga yurishi payti (1528—29)da Marvni egallagan.

K.M. sheʼriyat, ilm-fanga qiziqqan. Saroyida turli xildagi adabiy bahslar uyushtirgan. Zamonasining yetuk adiblari bilan suhbat qurishni yoqtirgan, xususan, 1518-yil u mashhur adib Zayniddin Vosifiyni Samarqanddan oʻz huzuriga (Shohruhiyaga) chaqirtirib olgan. K.M.ning topshirigʻi bilan saroy tarixchisi Abdulloh Nasrullohiy „Zubdat ul-asar“ asarini yozgan.

Adabiyot

  • Vosifiy Zayniddin, Batsoyeʼ ul-vaqoyeʼ (Nodir voqealar), [tarjimon N.Norqulov], T., 1979; Axmedov B.A., Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv.,] Pismennie pamyatniki], T., 1985.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Sulton Muhammad haqida, Sulton Muhammad nima? Sulton Muhammad nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan