Sultonposhsha Rahimova

Rahimova Sultonposhsha (1929.8.5, Xiva — 1996.5.9, Urganch) — aktrisa, xonanda. Oʻzbekiston xalq artisti (1955). 1943—74 yillar Xorazm teatrida ishlagan. Layli ("Layli va Majnun"), Nurxon ("Nurxon"), Zuhra ("Tohir va Zuhra"), Nodira ("Nodira"), Oyxon ("Maysaraning ishi"), Sanam ("Aziz va Sanam"), Shohsanam, Oylarbegim ("Oshiq Gʻarib va Shohsanam") kabi rollarini musiqali dramalarda jozibali ovozi, kuchli dramatik kechinmalari bilan mohirona ijro etgan. Shuningdek, dramalarda Guli ("Alisher Navoiy"), Luiza ("Makr va muhabbat"), Larisa ("Sepsiz qiz"), Jamila ("Boy ila xizmatchi"), Xolisxon ("Xolisxon") kabi obrazlar yaratgan.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Sultonposhsha Rahimova haqida, Sultonposhsha Rahimova nima? Sultonposhsha Rahimova nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan