Tamara Moskvina
| Tamara Moskvina | |
|---|---|
![]() Moskvina 2009-yilda | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Toʻliq ismi | Tamara Nikolayevna Moskvina |
| Ikkinchi ismi | Tamara Nikolayevna Bratus |
| Davlat | |
| Tavalludi | 26-iyun 1941-yil Leningrad |
| Oldingi sheriklari | Aleksey Mishin |
| Oldingi murabbiylari | Igor Moskvin |
| Uchishni boshlagan | 1951 |
| Yakunlagan | 1969 |
Tamara Nikolayevna Moskvina (ruscga: Tamara Nikolaevna Moskvina; qizlik ismi Bratus; 1941-yil 26-iyunda tugʻilgan) — juftikda konkida uchish boʻyicha murabbiy va musobaqalarda qatnashgan rossiyalik sobiq figurali uchuvchi. Sherigi Aleksey Mishin bilan juftlikda musobaqalarda ishtirok etib, 1969-yilgi Jahon chempionatining kumush medali sovrindori va Sovet Ittifoqining milliy chempioni bo‘lgan.
Moskvina yakka holda konkida uchuvchi sifatida besh karra (1962-1966) Sovet Ittifoqining milliy chempioni boʻlgan. Igor Moskvin bilan turmush qurgan. Moskvina Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida istiqomat qiladi.
Faoliyati
| ]Moskvina 1965-yilda Aleksey Mishin bilan juftlik hosil qilgan. Juftlik 1966-yilgi qishki Universiadada bronza medalini qoʻlga kiritgan va 1967-yilda oʻzlarining birinchi Yevropa va Jahon chempionatlariga yoʻllanma olganlar. 1967-yilda „Yubileyniy“ sport saroyi ochilgandan soʻng, saroy ularning mashgʻulot maydoniga aylangan.
Moskvina / Mishin juftligi 1968-yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritgan. Keyingi mavsumda ular ikki karra Olimpiya musobaqasining oltin medali sohiblari boʻlgan Lyudmila Belousova / Oleg Protopopov va boʻlajak chempionlar Irina Rodnina / Aleksey Ulanov juftligini magʻlub etib, Sovet milliy chempionligini qoʻlga kiritganlar. Moskvina / Mishin juftligi 1969-yili boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida qatnashib, bronza keyin esa 1969-yilgi Jahon chempionatida kumush medal sohibiga aylangan. Moskvina 1969-yilda oila qurish maqsadida musobaqalarni tark etishga qaror qilgan.
Murabbiy sifatida
| ]2022 — 2023-yilgi mavsumda Moskvina quyidagi juftliklarga murabbiylik qilgan:
- Aleksandra Boykova / Dmitriy Kozlovskiy
- Anastasiya Mishina / Aleksandr Gallyamov
- Yasmina Qodirova / Valeriy Kolesov
Moskvina quyidagi juftliklarga murabbiylik qilgan:
- Irina Vorobyeva / Aleksandr Vlassov
- Irina Vorobyeva / Igor Lisovskiy
- Yelena Valova / Oleg Vasilyev
- Natalya Mishkutenok / Artur Dmitriyev
- Elena Bechke / Denis Petrov
- Oksana Kazakova / Artur Dmitriyev
- Ylena Berejnaya / Anton Sixarulidze
- Yuko Kavaguchi / Aleksandr Markuntsov
- Kyoko Ina / Jon Zimmerman
- Julia Obertas / Sergey Slavnov
- Yuko Kavaguti / Aleksandr Smirnov
- Alisa Efimova / Aleksandr Korovin
- Yasmina Qodirova / Ivan Balchenko
Natijalari
| ]Mishin bilan
| ]| Xalqaro | ||||
|---|---|---|---|---|
| Musobaqa | 1965-66 | 1966-67 | 1967-68 | 1968-69 |
| Qishki Olimpiya oʻyinlari | 5 | |||
| Jahon chempionatlari | 6 | 4 | 2 | |
| Yevropa chempionati | 6 | 2 | 3 | |
| „Moskva yangiliklari“ turniri | 1 | 1 | ||
| Qishki Universiada | 3 | |||
| Milliy | ||||
| Sovet chempionati | 3 | 2 | 2 | 1 |
Gavrilov bilan
| ]| Milliy | |
|---|---|
| Musobaqa | 1965 |
| Sovet chempionati | 1 |
Yakka holda
| ]| Xalqaro | ||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Musobaqa | 1959 | 1960 | 1961 | 1962 | 1963 | 1964 | 1965 | 1966 |
| Yevropa chempionati | 27 | 19 | 20 | 14 | ||||
| Milliy | ||||||||
| Sovet chempionati | 9 | 2 | 2 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 |
Manbalar
| ]- „Interview with Alexei Mishin“ (in Russian). TV Park magazine. 28 March 2003. Archived from the original on 9 November 2005.
- „Russian national team 2022-23“.[sayt ishlamaydi]
- „У Тамары Москвиной новая пара. О смене тренера, конкуренции и делах на самоизоляции – в интервью "Матч ТВ"“ (ru-RU). matchtv.ru (2020-yil 29-aprel). Qaraldi: 2020-yil 4-may.
- „Фигуристка Ефимова рассказала, почему распалась ее пара с Коровиным“ (ru). Спорт РИА Новости (2020-yil 2-mart). Qaraldi: 2020-yil 4-may.
- 26-iyunda tugʻilganlar
- 1941-yilda tugʻilganlar
- Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari
- Vatan oldidagi xizmatlari uchun 3-darajali ordeni sohiblari
- Yashayotgan insonlar
- Rossiyalik figurali uchuvchilar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Tamara Moskvina haqida, Tamara Moskvina nima? Tamara Moskvina nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!