Toʻqtoʻgʻul tumani

Koordinatalari: 41°52′11″N 72°56′43″E / 41.86972°N 72.94528°E / 41.86972; 72.94528
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
Toʻqtoʻgʻul tumani
Токтогул району
tuman
Tarkibida Jalolobod viloyati
Maʼmuriy markazi Toʻqtoʻgʻul
Rasmiy tillar qirgʻiz, rus
Aholi (2009) 86 306 kishi
Millatlar tarkibi qirgʻizlar — 99,3%
ruslar — 0,2%
oʻzbeklar — 0,2%
uygʻurlar — 0,2 %
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +99637
Avtomobil raqami kodi D
Xaritada
image
41°52′11″N 72°56′43″E / 41.86972°N 72.94528°E / 41.86972; 72.94528
image
image
Toʻqtoʻgʻul suv ombori

Toʻqtoʻgʻul tumani (qirgʻizcha: Токтогул району) - Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyatidagi tuman.

Maʼmuriy markazi — Toʻqtoʻgʻul qishlogʻi.

Tarixi

| ]

1926-yilda tuman sifatida tashkil etilgan. Tuman tashkil topgunga qadar 1920-yilda Qirgʻiziston hududida Sovet hokimiyati oʻrnatilishi bilan Namangan uyezdiga qarashli boʻlgan Ketmontepa vodiysida Muztoʻr, Suvsamir va Arim boʻlisliklari mavjud boʻlgan. 1926-yilda bu uch volost birlashtirilib, tuman tashkil etildi. 1939-yilgacha Ketmontepa tumani mashhur shoir, qoʻshiqchi, mutafakkir Toʻqtagʻul Satilgʻan oʻgʻli sharafiga nomlangan.

  • 1930-yil sentyabrda Qirgʻiziston SSR tarkibida Ketmontepa tumanining markazi Qorasuv-Aqchiy qishlogʻi boʻlib, tashkil etilgan.
  • 1936-yil sentyabrda markazi Uch-Terek qishlog‘i boʻlib qayta tashkil etildi.
  • 1939-yilda Ketmontepa va Uch-Terek tumanlari Jalolobod viloyati tasarrufiga o‘tgan.
  • 1940-yil dekabrda Ketmontepa tumani Toʻqtagʻul tumani deb ataldi, markazi Toʻqtagʻul qishlog‘i boʻlgan.
  • 1956-yilda Uch-Terek tumani tugatilib, Jalolobod viloyatidan Oʻsh viloyati tarkibiga kirdi.
  • 1980-yilda Toʻqtagʻul tumani Oʻsh viloyati tarkibidan chiqib, Talas viloyati tarkibiga oʻtkazildi. 1988-yilda Talas viloyati tugatilgani sababli Toʻqtagʻul tumani Oʻsh viloyatiga oʻtkazildi.
  • 1990-yilning dekabr oyida Toʻqtagʻul tumani qayta tashkil etilgan Jalolobod viloyati tarkibiga kirgan.

Geografiyasi

| ]

Toʻqtoʻgʻul tumani Jalolobod viloyatining shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Tuman Qirgʻizistondagi uch viloyat ( Talas, Chuy, Norin ) bilan chegaradosh hisoblanadi.

Tuman hududidan Norin daryosi oqib oʻtadi. Qirgʻizistondagi eng yirik Toʻqtoʻgʻul suv ombori ham Toʻqtoʻgʻul tumani hududida joylashgan.

Aholisi

| ]

2009-yilgi Qirgʻiziston xalqini roʻyxatga olish boshqarmasining maʼ lumotiga loyiq, tumanda 86306 nafar kishi istiqomat qiladilar. Ulardan qirgʻizlar —85683 kishi (yoki 99,3%), ruslar — 188 kishi yoki 0,2%, oʻzbeklar — 185 kishi yoki 0,2%, uygʻurlar — 145 kishi 0,2%, boshqa millatlar — 105 kishi yoki 0,1%.

Maʼmuriy boʻlinishi

| ]

Tuman tarkibiga bir shahar tipidagi qishloq va 10 ovul okrugi kiradi:

  • shahar tipidagi qishloq - Toʻqtoʻgʻul qishlogʻi
  • Aralbayev ovul okrugi markazi - Toʻluq qishlogʻi
  • Bel-Oldi ovul okrugi markazi - Sariq-Soʻgoʻt qishlogʻi
  • Yangi-Yoʻl ovul okrugi markazi - Yangi-Yoʻl qishlogʻi
  • Qizil-Oʻzgoʻrush ovul okrugi markazi - Qizil-Oʻzgoʻrush qishlogʻi
  • Nichke-Soy ovul okrugi markazi - Nichke-Soy qishlogʻi
  • Ketmon-Tepa ovul okrugi markazi - Terak-Suv qishlogʻi
  • Sariq-Qamish ovul okrugi markazi - Birlik qishlogʻi
  • Abdu Suyerkulov ovul okrugi markazi - Toʻrkent qishlogʻi
  • Uch-Terak ovul okrugi markazi - Uch-Terak qishlogʻi
  • Choʻlpon-Ota ovul okrugi markazi - Choʻlpon-Ota qishlogʻi

Iqtisodiyoyi

| ]

Manbalar

| ]
  1. Перепись населения Киргизии 2009. Джалал-Абадская область
  2. Токтогул районунун кыскача тарыхы[sayt ishlamaydi]
  3. Аильные округа и сёла Джалал – Абадской области[sayt ishlamaydi]

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Toʻqtoʻgʻul tumani haqida, Toʻqtoʻgʻul tumani nima? Toʻqtoʻgʻul tumani nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan