Tursunoy Saidazimova

Tursunoy Saidazimova (1911, Toshkent – 1928.10.5, Buxoro) – birinchi oʻzbek aktrisasi. Moskva oʻzbek drama studiyasida oʻqigan (1924—27); 1927-yildan Oʻzbek drama truppasida aktrisa. Qisqa umri davomida oʻzbek va chet el dramaturgiyasidan yorqin obrazlar yaratdi: Mariya Antonovna („Revizor“), Turandot („Malikai Turandot“, 1927), Klariche („Ikki boyga bir malay“) va boshqalar, F.Zafariyning „Halima“ musiqali dramasida Halima obrazini yaratish bilan oʻzbek musiqali sahna ijrochiligida yangi sahifa ochdi. Saidazimova bu spektaklda musiqali drama janrida ilk bor dramatik va vokal komponentlarni bir-biri bilan uygʻunlashtirgan holda obraz psixologiyasini, uning ichki dunyosini chuqur ochishga erishdi. 17 yoshida vahshiyona oʻldirilgan. Hamza Niyoziy unga atab „Tursunoy marsiyasi“ni yaratgan.

Tursunoy Saidazimova
image
Tugʻilgan sanasi tax. 1911
Tugʻilgan joyi Toshkent, Rossiya Turkistoni, Rossiya imperiyasi
Vafot sanasi 10-may 1928-yil
Vafot joyi Buxoro, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi image SSSR
Kasbi aktrisa, xonanda

Yana qarang

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

  • „Sovet Oʻzbekistoni“ 18-iyun 1967-yil



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Tursunoy Saidazimova haqida, Tursunoy Saidazimova nima? Tursunoy Saidazimova nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan