Ulugʻbek Hamdam
Ulugʻbek Hamdam (Hamdamov Ulugʻbek Abduvahobovich) — yozuvchi, tarjimon.
Faoliyati
| ]1968-yil 24-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Andijon viloyati Marhamat tumani Yuqori Rovot mahallasida duradgor oilasida tugʻilgan. 1988-yilda Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetiga oʻqishga kirib, uni 1993-yilda tamomladi. 1992-yilda, davlat taʼlim taqsimotiga koʻra, oʻqishni davom ettirish uchun u Turkiyaning Konya shahriga joʻnatilgan.

1993-1994-yillarda Sharqshunoslik institutida oʻqituvchi boʻlib ishladi. 1994-1996-yillarda Oʻzbekiston milliy universitetining oʻzbek filologiyasi fakultetining aspiranturasinitugatdi. 1997-yilda „XX asrning 30-yillari sheʼriyatida oʻzbekcha“ sof lirika „muammolari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
1997-yildan 2009-yilgacha Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida katta va kichik ilmiy xodim boʻlib ishladi. 2003-yildan — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi. 2009-yildan 2016-yilgacha — „Sharq yulduzi“ jurnalining bosh muharriri. 2016-yildan Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU da jahon adabiyoti kafedrasi mudiri, 2017-yildan dotsent oʻqituvchi, 2021-yildan hozirgacha Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot institutida XX asr oʻzbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon boʻlimi mudiri boʻlib ishlamoqda.
Asarlari
| ]Sheʼriy asarlari:
| ]- „Tangriga eltguvchi isyon“ (2002),
- „Atirgul“ (2006),
- „Seni kutdim“ (2007)
Nasriy asarlari:
| ]- „Yolgʻizlik“ (2000),
- „Muvozanat“ (1997),
- „Isyon va itoat“ (2004),
- „Sabo va Samandar“,
- „Uzoqdagi Dilnura“ (2010),
- „Ota“ (2019)
- "Bizdan rozi bo'ling ota" (2022)
- "Yaxshiyam sen borsan" (2023)
- "Toʼrtkoʼcha" (2024)
Ilmiy asarlari:
| ]- „Badiiy tafakkur tadriji“ (2003),
- „Yangilanish ehtiyoji“ (2007),
- „Jahon adabiyoti: Modernizm va postmodernizm“ (2020)
Tarjimalari
| ]Ulugʻbek Hamdam Jaloliddin Rumiyning „Ichindagi ichindadir“ (1997, 2001), professor Usmon Turonning „Turkiy xalqlar mafkurasi“ (1995) nomli asarlarini turk tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
2018-yili Qozon shahrida "Ma'orif-Vaqt" nashriyotida uning "Yolg'izlik" (Ялгызлык) asari tatarchaga tarjimon Fakil Safin tomonidan tarjima qilingan.
Mukofotlari
| ]- 2004-yilda "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.
- 2011-yilda Oʻzbekiston mustaqilligining 20 yilligiga „O'zbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
- 2014-yil „Eng ulugʻ, eng aziz“ Respublika tanlovining 1-oʻrin sohibi boʻlgan.
Manbalar
| ]- arxiv nusxasi, 2017-10-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-07-20
- Sobir Mirvaliyev. Oʻzbek adiblari.Fan nashriyoti. 1993.
- "Zvezda Vostoka" jurnali. 2012-yil 2-son
- "Megarif—vakit" nashriyoti. Qozon. 2018
- ziyouz.com
- „Toʼrtkoʼcha“ (2024-yil 22-oktyabr). 2025-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 30-oktyabr.
- Akademnashr. Toshkent. 2020
- "Yangi asr avlodi" nashriyoti. 2018
- Улугбек Хамдам, Ялгызлык. Казань, Магариф-Вакыт, 2018 год. ISBN 978-9943 54-68-7-4 https://magarif-vakyt.ru/xudozhestvennaya-literatura/tproduct/244883569-933426707901-ulugbek-hamdam-yalgizlik-povest.
- Oʻzbekistonlik yozuvchilar
- Shuhrat medali sohiblari
- 1968-yilda tug'ilganlar
- Adabiyotshunoslar
- 24-aprelda tug'ilganlar
- Adabiyot
- Andijon viloyati
- Marhamat tumani
- Romanlar
- Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari
- Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ulugʻbek Hamdam haqida, Ulugʻbek Hamdam nima? Ulugʻbek Hamdam nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!