Vahobjon Fayozov

Vahobjon Sobirovich Fayozov (1912-yil 10-avgust, Qoʻqon — 1974-yil 8-fevral, Urganch) — aktyor, rejissyor, xonanda (lirik tenor). Oʻzbekiston xalq artisti (1950). Oʻz faoliyatini 1932-yil Qoʻqon temiryoʻlchilar klubi qoshidagi ishchilar teatrida boshlagan. 1933—1934 yillar Qoʻqon teatrida, 1934-yildan Ogahiy nomidagi Xorazm teatrida ishlagan. Gʻarib (M. Yunusov, S. Samandarov, "Oshiq Gʻarib va Shohsanam"), Tohir (S. Abdulla, "Tohir va Zuhra"), Jaloliddin (M. Shayxzoda, "Jaloliddin Manguberdi"), Majnun, Farxrd (Xurshid, "Layli va Majnun", "Farhod va Shirin"), Husayn Boyqaro (Uygʻun, I. Sulton, "Alisher Navoiy"), Gʻofir (Hamza, "Boy ila xizmatchi"), Toshbolta (H. Gʻulom, "Toshbolta oshiq"), Mulladoʻst (Hamza, "Maysaraning ishi"), Abror (Uygʻun, "Parvona"), Nurbobo (I. Sulton, "Nomaʼlum kishi"), Mirzakarimboy (Oybek, "Qutlugʻ qon") obrazlarini yaratgan. Fayozov ijodi xissiyotlar toʻlqini, buyuk insoniy fazilatlarni mohirona ocha olishi bilan eʼtiborli boʻlib, obrazlari hayotiyligi, yuksak ijro saviyasi bilan ajralib turadi. Xonanda sifatida "Feruz 1,2", "Xorazm Chorgohi", "Dugoh", "Yorim bergan oq roʻmol", "Faribdurmen" kabi ashulalarni baland avjda chiroyli va yoqimli aytgan. Rejissyor sifatida "Boy ila xizmatchi", "Paranji sirlari" (Hamza), "Shohi soʻzana" (Abdulla Qahhor), "Makr va muxabbat" (F. Shiller), "Muqimiy" (S. Abdulla) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Matyoqub Rahimov, Komiljon Otaniyozov va boshqa uning shogirdlaridir.





vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Vahobjon Fayozov haqida, Vahobjon Fayozov nima? Vahobjon Fayozov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan