Viktor Sarianidi
| Viktor Sarianidi | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 23-sentyabr 1929-yil Toshkent Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi |
| Vafoti | 22-dekabr 2013-yil (84 yoshda) Moskva |
| Fuqaroligi | SSSR, Rossiya, Yunoniston va Turkmaniston |
| Sohasi | Arxeologiya |
Viktor Sarianidi (ruscha: Ви́ктор Ива́нович Сариани́ди; grekcha: Βίκτωρ Σαρηγιαννίδης; 1929-yil 23-sentyabrda tugʻilgan, 2013-yil 22-dekabrda vafot etgan) — Sovet arxeologi. U 1976-yilda Qoraqum choʻlida bronza davri madaniyati qoldiqlarini topgan. Madaniyat Baqtriya-Margʻiyona arxeologik majmuasi nomi bilan mashhur boʻlgan. Sovet va Rossiyalik arxeolog, tarix fanlari doktori.
Hayoti
| ]U 1929-yil 23-sentabrda Toshkentda Pontika yunonlari oilasida tugʻilgan. Uning ota-onasi Ioannis va Afina Sarianidi 1920-yillarda Ukrainaning Yalta shahridan Toshkent shahriga koʻchib kelishgan. Sarianidi 1952-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Keyinchalik 1961-yilda Moskvadagi Sovet Fanlar Akademiyasi Arxeologiya institutida magistrlik darajasiga erishgan. U 1975-yilda „Afgʻoniston bronza va temir davrida“ nomli doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Keyin Arxeologiya instituti xodimlariga qatoriga qoʻshilgan va institutda butun faoliyatini shu yerda davom ettiradi. 1996-yilda Viktor Gretsiyaga koʻchib oʻtadi. Viktor Sarianidi 2013-yil 22-dekabrga oʻtar kechasi Moskvada vafot etgan.
Faoliyati
| ]Viktor Sarianidi talabalik davridayoq, 1949-yilda Mikhail Masson rahbarligida Turkmaniston arxeologik yodgorliklarida izlanishlar olib borishadi. 1952-yilda Oʻrta Osiyo Davlat universitetini tamomlagach, Samarqanddagi Tarix muzeyiga ishga kiradi va ikki yil shu yerda ishlaydi. Sarianidi Tohirbey, Yaz Depe (1955-1956), Togolok (1970-yillar) yodgorliklarini qazishda ishtirok etgan. U 1974-yildan Margʻiyona (yoki Margʻush) madaniyatini aniqlashga olib kelgan qazishma ishlariga rahbarlik qilgan. 1990-yilda esa bronza va ilk temir davriga oid 200 dan ortiq manzilgohlar topilgan. Manzilgohlarning eng asosiysi miloddan avvalgi III ming yillikning oxirida barpo etilib, miloddan avvalgi 1600-yillargacha davom etgan poytaxt Gonurtepa edi.
Manbalar
| ]- 1975-yilda „Afgʻoniston bronza va temir davrida“ nomli doktorlik dissertatsiyasi qoʻshimchalar bilan „Afgʻonistonning qadimgi dehqonlari“ nomi ostida nashr etilgan. 1969-1974-yillar Sovet-Afgʻon ekspeditsiyasi materiallari."
- Nikos Sidoropoulos. „ru:Виктору Сарианиди – 80 лет!“ (ru). Novorossisk Urban Greek Association (2009-yil 23-sentyabr). 2014-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-yanvar.
- „Viktor Sarianidi - obituary“ (2014-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 12-yanvar.
- „ru:Скончался российский археолог Сарианиди, нашедший золото Бактрии“ (ru). RIA Novosti (2013-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2013-yil 23-dekabr.
- [Government of Turkmenistan „ru:Президент Туркменистана и члены Кабинета Министров выразили соболезнование по поводу кончины Виктора Сарианиди“] (ru). Туркменистан: золотой век (2013-yil 24-dekabr).
- 23-sentyabrda tugʻilganlar
- 1929-yilda tugʻilganlar
- 22-dekabrda vafot etganlar
- 2013-yilda vafot etganlar
- Toshkentlik kishilar
- Arxeologlar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Viktor Sarianidi haqida, Viktor Sarianidi nima? Viktor Sarianidi nimani anglatadi?




Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!