Vladimir Nemirovich-Danchenko

Vladimir Ivanovich Nemirovich-Danchenko [1858.11 (23).12, Ozurgeti, Gruziya — 1943.25.4, Moskva] — rejissyor, pedagog, teatr tanqidchisi, yozuvchi, dramaturg. Rus teatri islohotchilaridan. 1898-yil K. S. Stanislavskiy bilan Moskva Badiiy teatri (hozirgi MXAT) ni tashkil etgan. Truppaning ijodiy va tashkiliy ishlarini ham oʻzlari amalga oshirganlar. "Repertuar rahbari" sifatida Chexov va M. Gorkiy nomidagi teatrlarni ham hamkorlikda ishlashga jalb etgan. Rejissyor sifatida aktyorlar bilan ishlashga alohida eʼtibor qaratgan. Aktyor kechinmalarining kuchi va taʼsirchanligini sipolik, vazminlik bilan yetkazishga erishishga harakatqilgan. "Aka-uka Karamazovlar", "Yak-shanba", "Yuliy Sezar", "Anna Karenina", "Dushmanlar", "Uch opasingillar" kabi spektakllari katta shuhrat qozongan. 20—30-yillar teatr qiyofasi anʼanasi va yuksak mahoratini saqlab qolish maqsadida ehtiyotkorlik, uddaburonlik bilan maʼmuriy va repertuar siyosatini olib bordi. 1919-yil Musiqali studiya (1941-yildan Stanislavskiy va Nemirovichdanchenko nomidagi musiqali teatr)ni tashkil etdi. "Yangi ish", "Oltin" kabi pyesalar, "Eski uy", "Sahna ortidagi drama" singari romanlar hamda qissadar yozgan.

image

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Vladimir Nemirovich-Danchenko haqida, Vladimir Nemirovich-Danchenko nima? Vladimir Nemirovich-Danchenko nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan