Vodil qabristoni
Vodil qabristoni — jez davrida yashagan chorvador qabilalarga mansub qabriston (mil. av. 2-ming yillikning oxiri va 1-ming yillikning boshlari). 1956-yil Olay togʻi etaklarining Vodil tumani (Fargʻona vodiysi) qismidan arxeologlar— N. G. Gorbunova va B. 3. Gamburglar topgan. V. q. hududida 273 mozor qoldigʻi bor. V. q.dagi qabrlarning 32 tasi tekshirilganda ular kimlarningdir tomonidan oldin ham ochilganligi, murda suyaklari joyidan qoʻzgʻatilganligi va ulardagi koʻp buyumlar oʻgʻirlanganligi aniqlandi. Tekshirilgan goʻrlardan faqat naqshli sopol idish parchalari, jezdan ishlangan bir necha bilaguzuk, isirgʻalar, bargsimon oʻq uchlari va b. buyumlar topildi. V. q.dagi topilmalar andronovo madaniyatigg koʻp jihatdan oʻxshab ketadi.
Adabiyotlar
| ]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- Arxeologiya
- Oʻzbekiston tarixi
- Fargʻona viloyati
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Vodil qabristoni haqida, Vodil qabristoni nima? Vodil qabristoni nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!