Vozneseniye oroli
Vozneseniye oroli - Atlantika okeanining markaziy qismidagi vulkanik orol, Buyuk Britaniya mulki. Mayd. 88 km2. Aholisi 1,4 ming kishi (1989). Maʼmuriy markazi va port shahri — Jorjtaun. Yer yuzasi platodan iborat; traxit, riolit va bazalt jinslardan tarkib topgan. Oʻchgan vulkan krateri koʻp (30 dan ortiq). Eng bal. joyi 858 m (Grin-Mauntin togʻi). Iqlimi tropik passatli issiq iklim. Yillik yogʻin 700 –1000 mm. Oʻt-oʻsimliklari keng tarqalgan, oʻrmonlar bor. Sabzavot, mevalar yetishtiriladi. Orolni 1501 yilda Vozneseniye bayrami kuni portugallar kashf etgan.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Vozneseniye oroli haqida, Vozneseniye oroli nima? Vozneseniye oroli nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!