Vyacheslav Shevchenko

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vyacheslav Shevchenko
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vyacheslav Tarasovych Shevchenko
Tavallud sanasi 30-may 1985-yil (1985-05-30) (40 yosh)
Tavallud joyi Xerson viloyati, Ukraina SSR, Sovet Ittifoqi
Boʻyi 1.84 m (6 ft 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000–2001 UFK Lviv
2001 Knyazha Shchaslyve
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001—2003 FC Borysfen Boryspil 5 (0)
2001—2003 FC Borysfen-2 Boryspil 30 (1)
2003 FC Torpedo-Metalurg Moscow 1 (0)
2006 FC Stal Dniprodzerzhynsk 5 (0)
2007 FC Illichivets Mariupol 1 (0)
2008 FC Feniks-Illichovets Kalinine 12 (5)
2008—2011 FC Stal Alchevsk 68 (19)
2011—2013 PFC Oleksandria 69 (21)
2014 Lokomotiv 7 (1)
2014 Birkirkara F.C. 4 (0)
2015—2016 Qizilqum 27 (5)
2017 FK Ogre
2017—2018 FC Viktoriya Mykolaivka 37 (14)
2020 FC Dinaz Vyshhorod
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2019-yil 31-dekabr uchun)

Vyacheslav Shevchenko (ukraincha: В'ячеслав Тарасович Шевченко; 1985-yil 30-mayda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbolchi. „Dinaz Vishgorod“ klubida hujumchi oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati

| ]

U Ukraina terma jamoasi sobiq hujumchisi Andrey Shevchenkoning jiyani. 1985-yil 30-mayda Skadovsk shahrida tugʻilgan. Boshlangʻich futbol mashgʻulotlari havaskor SC „Ingvar“ (Skadovsk) murabbiy Igor Chernishev boshchiligida oʻtkazgan.

Futbolchi sifatida faoliyatini Borisfenda boshlagan, ammo asosiy jamoada oʻz oʻrniga ega boʻlmagan. 2003-yilda „Torpedo-Metallurg“ safida Rossiya chempionatida 1 ta oʻyin oʻtkazdi. 2006-yilda Dneprodzerjinskdan „Stal“ga oʻtdi. Biroq u yerda ham asosiy tarkib oʻyinchisi boʻla olmadi. 2007-yilda Ilyichevetsga oʻtdi. Klubda 2007-yil 25-mayda Oliy ligada Donetskning „Metallurg“ klubiga qarshi oʻyinida 70-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, debyut qildi. Oʻsha oʻyin Ilyichevetsdagi yagona oʻyini boʻlib qoldi. 2008-yil 18-martda Feniks-Ilyichevetsda debyut qildi va oʻsha uchrashuvda sobiq jamoasi darvozasiga gol urdi. Vyacheslav Shevchenko keyingi mavsumni Alchevskning „Stali“ jamoasida boshladi.

2011-yil yanvar oyida Luganskning Zorya klubiga koʻrikka keldi. Ammo transfer amalga oshmadi. 120 ming dollar evaziga Aleskandariyaga oʻtdi. Jamoadagi debyutini 2011-yil 20-mart kuni Xarkovning „Gelios“ jamoasiga qarshi o‘yinda o‘tkazgan. 2011-yilning 16-iyulida 57-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, Aleksandriya safida Ukraina Premyer-ligasida birinchi o‘yinni o‘tkazdi. 2012-yil 21-iyul kuni Ohtrikada „Neftyanik-Ukrnafta“ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi.

2013-yilda Ujgorodning Goverla va Ozarbayjon klublarida sinovdan o‘tdi, ammo ikkala klub bilan shartnoma imzolay olmadi. Keyin Aleksandriyaga qaytdi va u yerda 5 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi. Birinchi davra yakunlangach, Oʻzbekiston chempionatiga yoʻl oldi. 2014-yilning yanvar oyida Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2014-yilning fevral oyida Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi bilan Osiyo chempionlar ligasida debyut qilgan.

2014-yilning iyul oyida klub rahbariyati bilan oʻzaro kelishuvga koʻra u „temiryoʻlchilar“ klubini tark etdi. Shu yilning sentyabr oyida Birkirkara bir mavsumga uzaytirish huquqi bilan bir yilga shartnoma imzoladi. Shevchenko bor-yo‘g‘i 4 ta o‘yin o‘tkazib, klubni tark etdi. 2015-yilda „Qizilqum“ klubi bilan shartnoma imzolab, O‘zbekiston chempionatiga qaytdi. Klubda 2 mavsum o‘ynadi. 2017-yil Latviya chempionatining birinchi ligasi vakili „Ogre“ klubiga oʻtdi.

Manbalar

| ]
  1. „Zarya“: eщyo odin forvard na prosmotre
  2. Pervaya liga. Kto, kuda, zachem
  3. Pervaya liga. Tri pobedi, dve nichi
  4. Braun Ideye obigrivaet Aleksandriyu
  5. „Хет-трик В.Шевченка“. 2012-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-iyul.
  6. „На просмотре в Говерле Шевченко и Аблитаров“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-iyun.
  7. Shevchenko vernulsya v „Aleksandriyu“
  8. Napadayuщiy „Aleksandrii“ Shevchenko stal igrokom „Lokomotiva“ iz Tashkenta
  9. „Ukrainskiy forvard debyutiroval v aziatskoy Lige chempionov“
  10. Vyacheslav Shevchenko: „Otkuda obo mne vsyo znayut v Ukraine?“
  11. „Трое украинцев продолжат карьеру в Узбекистане“. 2018-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-mart.

Havolalar

| ]
  • Vyacheslav Shevchenko FootballFacts.ru saytida (ruscha)

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Vyacheslav Shevchenko haqida, Vyacheslav Shevchenko nima? Vyacheslav Shevchenko nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan