Wes Foderingham
![]() Foderingham West Ham United safida | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Wesley Andrew Foderingham | ||
| Tavallud sanasi | 14-yanvar 1991-yil | ||
| Tavallud joyi | Hammersmith, London, Angliya | ||
| Boʻyi | 1.85m | ||
| Ampluasi | Darvozabon | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | West Ham United | ||
| Raqami | 21 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2000–2009 | Fulham | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2009–2010 | Fulham | 0 | (0) |
| 2010 | → Bromley (ijara) | 9 | (0) |
| 2010–2012 | Crystal Palace | 0 | (0) |
| 2010 | → Bromley (ijara) | 13 | (0) |
| 2011 | → Boreham Wood (ijara) | 5 | (0) |
| 2011 | → Histon (ijara) | 9 | (0) |
| 2011–2012 | → Swindon Town (ijara) | 12 | (0) |
| 2012–2015 | Swindon Town | 152 | (0) |
| 2015–2020 | Rangers | 112 | (0) |
| 2020–2024 | Sheffield United | 102 | (0) |
| 2024– | West Ham United | 0 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2006–2007 | Angliya U16 | 5 | (4) |
| 2007–2008 | Angliya U17 | 0 | (0) |
| 2009–2010 | Angliya U19 | 3 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (26-iyun uchun) | |||
Wesley Andrew Foderingham (1991-yil 14-yanvarda tugʻilgan) — Angliyalik professional futbolchi. Angliya Premyer-ligasining West Ham United jamoasida darvozabon sifatida o'ynaydi. U avvalroq Angliya U-19 yoshlar terma jamoasida ham oʻynagan.
Klublardagi faoliyati
| ]Ilk faoliyati
| ]Foderingham Londonning Hammersmit shahrida tugʻilgan. U dastlabki faoliyatini Fulham klubining yoshlar jamoasida boshlagan va keyinchalik Bromley klubiga ijaraga oʻtgan. Fulham jamoasidan ketganidan soʻng, 2010-yil avgust oyida u Crystal Palace bilan ilk professional shartnomasini imzolagan va 2011-yil mart oyida Histon klubiga ijaraga oʻtgan.
Swindon Town
| ]
2011-yil oktabr oyida Foderingham jarohat olgan Phil Smith oʻrniga 2-liganing Swindon Town jamoasiga ijaraga oʻtgan va 15-oktabr kuni Accrington Stanley jamoasiga qarshi oʻyinda o'z debyutini amalga oshirgan. Swindon safidagi ijara davrida 15 ta oʻyinda bor-yoʻgʻi 6 ta gol oʻtkazgan, 9 ta oʻyinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Bu natijalar murabbiy Paolo Di Canioga Foderinghamni nomaʼlum transfer summasi evaziga 2012-yil 6-yanvarda sotib olishga undagan va u bilan 2014-yil iyuligacha shartnoma imzolangan. Foderingham jami 24 ta o‘yinda darvozani daxlsiz saqlab Swindon bilan 2011–2012-yilgi 2-liga chempionligini qo‘lga kiritgan.
2012–2013-yilgi mavsumni Foderingham ketma-ket 4 ta quruq o‘yin bilan boshlagan va keyinchalik, Liga kubogida Premyer-liganing Stok Siti jamoasini 4-3 hisobida mag‘lub etishda munosib hissa qo'shgan. Biroq, keyingi o‘yinda Preston Nort Endga qarshi o'yinning 21-daqiqasida, jamoa 2:0 hisobida yutqazayotganida zaxiraga olingan va bu holat Foderinghamning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan. Murabbiy Di Canio uning ushbu xatti-harakatini omma oldida tanqid qilgan va agar u uzr so‘ramasa, klubni tark etishini aytgan. Foderingham keyinchalik kechirim so‘ragan.
Foderingham 2014–2015-yilgi mavsum oxirida shartnomasi tugagach erkin agentga aylangan.
Rangers
| ]2015-yil 3-iyul kuni Foderingham Shotlandiya chempionatining Rangers klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan. U klub safidagi debyutini Shotlandiya chempionlar kubogining birinchi bosqichida Hibernian jamoasiga qarshi o‘yinda o‘tkazgan va yangi murabbiy Mark Warburton davrida jamoaning asosiy darvozaboniga aylangan. 2016-yil 19-iyul kuni u Rangers bilan shartnomasini 2019-yilgacha uzaytirgan. 2018-yil iyul oyida jamoaning yangi murabbiy Steven Gerrard tomonidan Allan McGregor Rangersga qaytarilgach Foderingham ikkinchi darvozabon bo‘lib qolgan. U mavsumdagi ilk o‘yinni Shotlandiya Liga kubogida Kilmarnock jamoasiga qarshi o‘tkazgan. O'sha o'yinda uning jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozongan. Wes 2020-yilning 19-may kuni shartnomasi tugashi bilan Rangersni tark etishi e'lon qilingan.
Sheffield United
| ]2020-yil 17-iyul kuni Foderingham Premyer-liganing Sheffield United jamoasiga bilan uch yillik shartnoma imzolagan. 2021/2022-yilgi mavsumda, murabbiy Paul Heckingbottom paytida Foderingham asosiy sanalgan.
2022–2023-yilgi mavsumda Foderingham 44 oʻyinda 18 ta quruq o'yin o'tkazgan va Sheffield Unitedning Premyer-ligaga qaytishini yordam bergan.
2023-yil sentabr oyida Sheffield United Tottenham Hotspur jamoasiga qarshi 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng Foderingham irqchilikka asoslangan haqorat va tahdidlarga duch kelgan. Keyingi haftada esa Newcastle United jamoasiga qarshi 0:8 hisobida mag‘lub bo‘lgan va bu jamoa uchun rekord mag‘lubiyat hisoblangan. Ushbu g'alaba Newcastle uchun Premyer-ligadagi eng yirik g‘alaba hisoblanadi.
Foderingham 2023–2024-yilgi mavsum oxirida erkin agentga aylangan.
West Ham United
| ]2024-yil 26-iyun kuni Premyer-liganing West Ham United erkin agent maqomidagi Foderingham bilan ikki yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan.
Xalqaro faoliyati
| ]Foderingham Angliya terma jamoasining turli darajalarida, shu jumladan Angliya U-19 yoshlar terma jamoasida oʻynagan.
Manbalar
| ]- „2020/21 Premier League squads confirmed“. Premier League (2020-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 25-oktyabr.
- „Sheffield United FC - Wes Foderingham“. sufc.co.uk. Qaraldi: 2020-yil 25-oktyabr.
- „Foderingham joins on loan from Fulham“. Bromley F.C. Qaraldi: 2011-yil 17-oktyabr.
- „Player Contract Round-Up“. Fulham F.C. (2010-yil 1-iyun). 2011-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-aprel.
- „Crystal Palace snap up keeper Wesley Foderingham“. BBC Sport. BBC (2010-yil 19-avgust).
- „Histon sign Foderingham, Asafu-Adjaye and Cox on loan“. BBC Sport. BBC (2011-yil 25-mart).
- „Swindon Town bring in Crystal Palace keeper Foderingham“. BBC Sport. BBC (2011-yil 14-oktyabr).
- „Accrington 0–2 Swindon“. BBC Sport. BBC (2011-yil 15-oktyabr).
- „Wes Foderingham leaves Crystal Palace for Swindon Town“. BBC Sport. BBC (2012-yil 6-yanvar).
- „Stoke 3–4 Swindon (aet)“ (en-GB). BBC Sport (2012-yil 28-avgust). Qaraldi: 2023-yil 4-dekabr.
- „On this day: 2012. Champions interview. Wes Foderingham“. Swindon Town (2020-yil 28-aprel). Qaraldi: 2020-yil 5-oktyabr.
- „Stoke 3–4 Swindon (aet)“ (en-GB). BBC Sport (2012-yil 28-avgust). Qaraldi: 2023-yil 4-dekabr.
- „Preston 4–1 Swindon“ (en-GB). BBC Sport (2012-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 4-dekabr.
- Bailey, Graeme „Di Canio fumes at keeper“. SkySports. Qaraldi: 2012-yil 3-sentyabr.
- „Di Canio goalkeeper rant. Priceless (video)“. FFO. Qaraldi: 2012-yil 3-sentyabr.
- „Paolo Di Canio 'forgives' Wes Foderingham for Preston row“. BBC Sport. BBC (2012-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 7-avgust.
- „Released List“. Swindontownfc.co.uk (2015-yil 1-iyun). Qaraldi: 2016-yil 7-avgust.
- „Rangers sign goalkeeper Wes Foderingham“. BBC Sport. BBC (2015-yil 3-iyul). Qaraldi: 2015-yil 3-iyul.
- „Wes & Rob Extend Contracts“. Rangers.co.uk. Rangers Football Club (2016-yil 19-iyul).
- „Rangers: Andy Halliday, Jon Flanagan & Wes Foderingham among six exits“. BBC Sport. BBC (2020-yil 19-may). Qaraldi: 2020-yil 24-may.
- „Goalkeeper signs“. Sheffield United (2020-yil 17-iyul). Qaraldi: 2020-yil 17-iyul.
- „Wes Foderingham“. Sheffield United (2023-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 26-dekabr.
- Desk, Sports „Sheffield United condemn racist abuse aimed at Wes Foderingham after Spurs match“. SportsMax (2023-yil 17-sentyabr). 2024-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-may.
- Drury, Sam „Sheffield United 0-8 Newcastle United: Visitors thrash Blades to match their record Premier League win“. BBC Sport (2023-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 29-may.
- Fisher, Ben „Newcastle thrash Sheffield United 8-0 as Alexander Isak caps humiliation“. the Guardian (2023-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 29-may.
- Rice, Liam „LISTED: Every player released by Championship clubs this summer“. Herald Series (2024-yil 29-may). Qaraldi: 2024-yil 29-may.
- „West Ham United sign goalkeeper Wes Foderingham“. West Ham United F.C. (2024-yil 26-iyun). Qaraldi: 2024-yil 26-iyun.
- „Wes FODERINGHAM“. Swindon-Town-FC.co.uk (2016-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 29-may.
Havolalar
| ]| Vikiomborda Wes Foderingham haqida turkum mavjud |
- 14-yanvarda tugʻilganlar
- 1991-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Angliyalik erkak futbolchilari
- Erkak futbol darvozabonlari
- Fulham F.C. futbolchilari
- Bromley F.C. futbolchhilari
- Crystal Palace F.C. futbolchilari
- Boreham Wood F.C. futbolchilari
- Histon F.C. futbolchilari
- Swindon Town F.C. futbolchilari
- Rangers F.C. futbolchilari
- Sheffield United F.C. futbolchilari
- West Ham United F.C. futbolchilari
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Wes Foderingham haqida, Wes Foderingham nima? Wes Foderingham nimani anglatadi?




Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!