Xorezmskaya pravda
Xorezmskaya pravda ("Xorazm haqiqati") — rus tilida chiqadigan ijtimoiysiyosiy gazeta. Urganch shahrida haftada 2 marta chop etiladi. Muassisi: Xorazm viloyati hokimligi. Dastlab, 1921-yil 6-iyuldan Xivada "Izvestiya Polnomochnogo predstavitelstva RSFSR v Xorezmskoy Sovetskoy Respublike" (Xorazm Sovet Respublikasidagi RSFSR muxtor vakilligining madaniymaʼrifiy komissiyasi organi sifatida), keyin "Posledniye vesti" ("Soʻnggi xabarlar") nomi bilan rus tilida haftada 3 marta chiqa boshlagan. 1927-yil 21-maydan shu gazeta oʻrniga "Inqilob quyoshi" gazetasiga ruscha ilova — "Solnse revolyutsii" nashr etilgan. 1941-yil 1-yanvardan hozirgi nomda.
Gazetaga turli davrlarda I.Bik, G. Zavelskiy, V. Nikolayev, P. Podvarkov, K. Sergeyev, G. Gulishsh, B. Pereplesnin, P. Borodin, Ye. Tipikin, V. Milgotin, O. Demchik, A. Rahimboyeva va boshqa muharrirlik qilishgan. Muharriri R. Iskandarov (1995-yildan). Adadi 1048 (2004).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Xorezmskaya pravda haqida, Xorezmskaya pravda nima? Xorezmskaya pravda nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!