Yangi Mirishkor
Yangi Mirishkor — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanidagi shaharcha, tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Koson (33 km). Yangi Mirishkordan viloyat markazi (Qarshi shahri) gacha 43 km. Aholisi 3 ming kishi (2005). Umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji, avtokorxona, MTP, paxta tozalash zavodi, kichik, oʻrta biznes va yirik korxonalar, mikrofirmalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi. Musiqa maktabi, madaniyat va istirohat bogʻi, 2 sport inshooti mavjud. Tuman markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari, kasalxona, poliklinika, dorixona va boshqalar tibbiy muassasalar bor.
Yangi Mirishkor | |
---|---|
shahar | |
38°51′5″N 65°16′40″E / 38.85139°N 65.27778°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qashqadaryo viloyati |
tuman | Mirishkor tumani |
Aholisi | 3 800 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Manbalar
- "Yangi Mirishkor" OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Oʻzbekiston geografiyasiga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Yangi Mirishkor haqida, Yangi Mirishkor nima? Yangi Mirishkor nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!