Yelena Romanovskaya
Yelena Yevgenyevna Romanovskaya (1890.24.5. hozirgi Leningrad viloyati Pushkin shahri — 1947.22.11, Toshkent) — musiqiy folklorshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). 1917-yildan Oʻzbekistonda yashagan. Leningrad konservatoriyasini tugatgach (1929), Toshkent musiqa bilim yurtida (1929—36), Toshkent konservatoriyasida (1936-yildan) pedagog, "Oʻzbek musiqasi" kursini yaratgan. Oʻzbek ayollar qoʻshiqlari, Xorazm maqomlari, dutor kuylarini notaga yozib olib, nashr ettirgan ("Xorazm klassik musiqasi", T., 1939; "Oʻzbek laparlari" T., 1941; "Oʻzbek cholgʻu musiqasi", T., 1948 va boshqalar). Bular orasida 2 jildli "Oʻzbek xalq qoʻshiqlari" (T., 1939, I. Akbarov bilan hamkorlikda) toʻplamining ahamiyati katta.
Manbalar
| ]- Romanovskaya Ye. Ye., Stati i dokladi. Zapisi muzikalnogo folklora, T., 1957.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Yelena Romanovskaya haqida, Yelena Romanovskaya nima? Yelena Romanovskaya nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!