Yermek Kosherbayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yermek Bedelbay oʻgʻli Kosherbayev
Ермек Беделбайұлы Көшербаев
image
image
 Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri
image
 
Mansab davri
2025-yil 26-sentyabr
Prezident Qasim-Jomart Toqayev
Oʻtmishdoshi Murat Nurtleu
image
 Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari
Mansab davri
2025-yil 14-fevral – 2025-yil 26-sentyabr
Hukumat boshligʻi Oʻljas Bektenov
Prezident Qasim-Jomart Toqayev
Oʻtmishdoshi Tamara Duysenova
image
 Sharqiy Qozogʻiston viloyati hokimi
image
 
Mansab davri
2023-yil 16-iyun – 2025-yil 14-fevral
Prezident Qasim-Jomart Toqayev
Oʻtmishdoshi Daniyal Axmetov
Vorisi Nurimbet Saktaganov
image
 Qozogʻiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi
image
 
Mansab davri
2020-yil 29-yanvar – 2023-yil 16-iyun
Hukumat boshligʻi Asqar Mamin (2020—2022)
Alixan Smailov (2020—2024)
Prezident Qasim-Jomart Toqayev
Oʻtmishdoshi Imangʻali Tasmagʻambetov
Vorisi Dauren Abayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 2-may 1965-yil (1965-05-02) (60 yosh)
Olmaota, Qozogʻiston SSR
Fuqaroligi image Qozogʻiston
Siyosiy partiyasi Amanat
Taʼlim Kirov nomidagi Qozogʻiston davlat universiteti, SSSR Tashqi ishlar vazirligi Diplomatiya akademiyasi
Kasbi oʻqituvchi
Mukofotlari image

Yermek Bedelbay oʻgʻli Kosherbayev (qozoqcha: Ермек Беделбайұлы Көшербаев; 1965-yil 2-may kuni Qozogʻiston SSR Olmaota shahrida tugʻilgan) – qozogʻistonlik davlat va jamoat arbobi, diplomat. Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri (2025-yil 26-sentyabrdan). Sharqiy Qozogʻiston viloyati hokimi (2023—2025). Bosh vazir oʻrinbosari (2025-yil 14-fevral – 2025-yil 26-sentyabr).

Tarjimai holi

| ]

1965-yil 2-may kuni Olmaotada tugʻilgan. Argʻin urugʻining Qorakesak Yesbalak tarmogʻidan.

1988-yil Kirov nomidagi Qozogʻiston davlat universitetining tarixchi, chet tilidan tarix fani oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan, 1993-yil aprelda SSSR Tashqi ishlar vazirligi Diplomatiya akademiyasini Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1988-yil avgustda Qozogʻiston SSR Tashqi ishlar vazirligida maxfiy ish yuritish boʻyicha katta inspektor lavozimida boshlagan.

1988-yil sentyabrdan 1989-yil oktyabrgacha – Qozogʻiston SSR Tashqi ishlar vazirining yordamchisi.

1989-yil noyabrdan 1990-yil iyungacha – Qozogʻiston SSR Tashqi ishlar vazirligi matbuot va axborot boshqarmasining birinchi kotibi.

1990-yil iyundan 1991-yil sentyabrgacha – Qozogʻiston SSR Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasi birinchi kotibi.

1993-yil maydan avgustgacha – Qozogʻiston Respublikasi TIV Osiyo mamlakatlari boshqarmasi birinchi kotibi.

1993-yil avgustdan dekabrgacha – Qozogʻiston Respublikasi TIV Davlat protokoli boshqarmasining birinchi kotibi.

1993-yil dekabrdan 1994-yil iyungacha – Qozogʻiston Respublikasi TIV Davlat protokoli boshqarmasi boʻlim boshligʻi.

1994-yil iyundan 1996-yil yanvargacha – Qozogʻiston prezidenti devonining xalqaro boʻlimi konsultanti.

1996-yil yanvardan aprelgacha – Qozogʻiston Respublikasi prezidenti protokol xizmati rahbari v.b.

1996-yil 1997-yil avgustgacha – Qozogʻiston Respublikasining Shveysariya Konfederatsiyasining Bern shahridagi elchixonasi birinchi kotibi.

1997-yil avgustdan oktyabrgacha – Olmaota shahridagi Koʻp tomonlama hamkorlik departamentining Osiyo xavfsizligi boʻlimi boshligʻi.

1997-yil oktyabrdan 1999-yil noyabrgacha – Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri yordamchisi.

2000-yil yanvardan maygacha- „Nursulton Nazarboyev taʼlim jamgʻarmasi“ jamoat fondining tijoriy va umumiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari.

2000-yil maydan oktyabrgacha – „Nursulton Nazarboyev taʼlim jamgʻarmasi“ jamoat fondi direktorining birinchi oʻrinbosari.

2000-yil oktyabrdan 2001-yil yanvargacha – KazTransOyl YAJ Milliy neft transport kompaniyasi matbuot xizmati rahbari.

2001-yil yanvardan iyungacha – KazTransOyl YAJ Milliy neft transport kompaniyasi prezidenti devoni rahbari.

2001-yil iyundan 2002-yil martgacha – „Transport Nefti i Gaza“ YAJ Milliy kompaniyasi devoni rahbari.

2002-yil martdan 2003-yil dekabrgacha – QazMunayGaz YAJ Milliy kompaniyasi birinchi vitse-prezidenti maslahatchisi va prezidenti apparati rahbari lavozimlarida ishlagan.

2003-yil dekabridan 2004-yil mayigacha – „Rauan Media Group“ aksiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimida ishlagan.

2004-yil maydan avgustgacha – „Otan“ Respublika siyosiy partiyasi Markaziy apparati rahbarining birinchi oʻrinbosari.

2004-yil avgustidan 2005-yil apreligacha – QazMunayGaz Milliy kompaniyasi prezidenti apparati rahbari lavozimida ishlagan.

2005-yilning aprelidan 2006-yilning mayigacha – „Atameken Qozogʻiston tadbirkorlar va ish beruvchilar milliy ittifoqi“ yuridik shaxslar uyushmasi ijrochi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

2006-yilning maydan 2007-yilning fevraligacha – „Otan“ Respublika siyosiy partiyasi markaziy apparati rahbari lavozimida ishlagan.

2007-yilning fevralidan iyuligacha – Ostona shahridagi „Berkut“ moliyaviy-sanoat guruhi mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimida ishlagan.

2007-yil noyabridan 2008-yil apreligacha – Ostonadagi Qozogʻiston neft, gaz va energetika tashkilotlari uyushmasi „KazEnergy“ ijrochi direktori lavozimida ishlagan.

2008-yil aprelidan 2009-yil fevraligacha – Ostona shahridagi „Rauan Media Group“ aksiyadorlik jamiyatining bosh prodyuseri boʻlgan.

2009-yil fevralidan 2010-yil iyuligacha – Semey shahridagi Ертіс AJ ijtimoiy-tadbirkorlik korporatsiyasi milliy kompaniyasi boshqaruvi raisi.

2010-yilning iyulidan sentyabriga qadar – Sharqiy Qozogʻiston viloyati hokimi oʻrinbosari v.b.

2010-yil sentyabridan 2012-yil oktyabrigacha – Sharqiy Qozogʻiston viloyati hokimi oʻrinbosari boʻlgan.

2012-yilning oktyabridan 2014-yilning dekabrigacha – Sharqiy Qozogʻiston viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari.

2014-yil dekabridan 2016-yil oktyabrigacha – Qozogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari.

2016-yil oktyabrdan 2018-yil mayiga qadar – Qozogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi mas’ul kotibi lavozimida ishlagan.

2018-yilning mayidan 2019-yilning yanvarigacha – Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining mas’ul kotibi lavozimida ishlagan.

2019-yil yanvaridan 2020-yil yanvarigacha – Qozogʻiston Respublikasi TIV oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

2020-yil 29-yanvardan 2023-yil 16-iyungacha – Qozogʻiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi.

2023-yil 16-iyundan 2025-yil 14-fevralgacha – Sharqiy Qozogʻiston viloyati hokimi.

2025-yil 14-fevraldan 26-sentyabrigacha – Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari.

2025-yil 26-sentyabridan Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri.

Qozoq, rus, ingliz, nemis, koreys tillarini biladi.

Oilasi

| ]
  • Xotini: Dinara Markenovna Chayjunusova – Semey hokimi Shayjunusov Marken Jakiyanovichning qizi (1998–2000).
  • Bolalari: Dastan (1988-y.), qizi Dameli (1993-y.).

Manbalar

| ]
  1. „Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘zgardi“. Daryo.uz. Simple Networking Solutions (2025-yil 26-sentabr). Qaraldi: 30-sentabr 2025-yil.
  2. „Кошербаев Ермек Беделбаевич ▷ биография, фото, должность“ (ru). Деловой портал Капитал.кз. 2021-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-iyun.
  3. „Распоряжением Главы государства Кошербаев Ермек Беделбаевич освобожден от должности заместителя Министра иностранных дел Республики Казахстан — Официальный сайт Президента Республики Казахстан“ (ru). Akorda.kz. 2021-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-iyun.
  4. „Кошербаев Ермек Беделбаевич (персональная справка)“. Информационная система ПАРАГРАФ. 2021-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-iyun.
  5. „МЕЖДУНАРОДНЫЙ СОЮЗ ЮРИСТОВ.“. www.unionlawyers.ru. 2021-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-iyun.
  6. „Указами Главы государства: — Официальный сайт Президента Республики Казахстан“ (ru). Akorda.kz. 2021-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-iyun.
  7. „О Кошербаеве Е.Б. — Официальный сайт Президента Республики Казахстан“ (ru). Akorda.kz. 2023-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-iyun.
  8. „Ермек Кошербаев стал акимом Восточно-Казахстанской области: 16 июня 2023, 10:39 - новости на Tengrinews.kz“ (ru). 2023-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  9. „Кошербаев больше не аким ВКО“ (ru). 2025-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 14-fevral.
  10. „Ермек Кошербаев назначен заместителем премьер-министра“. tengrinews.kz (2025-yil 14-yanvar). 2025-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  11. „О Кошербаеве Е.Б.“. akorda.kz (2025-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2025-yil 26-sentyabr.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Yermek Kosherbayev haqida, Yermek Kosherbayev nima? Yermek Kosherbayev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan