Yevgeniy Cheremisin
![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Yevgeniy Gennadyevich Cheremisin | ||
| Tavallud sanasi | 29-fevral 1988-yil | ||
| Tavallud joyi | Naberejniye chelni, RSFSR | ||
| Boʻyi | 1.92 m (6 ft 3 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Darvozabon | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini yakunlagan | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Neftekhimik | |||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2004—2007 | Neftekhimik | 36 | (0) |
| 2008—2010 | Rubin Kazan | 0 | (0) |
| 2008 | → Rubin-2 Kazan (ijara) | 5 | (0) |
| 2010 | → Dynamo St. Petersburg (ijara) | 2 | (0) |
| 2011—2012 | Neftekhimik | 2 | (0) |
| 2012—2013 | Rubin-2 Kazan | 25 | (0) |
| 2013—2014 | Rubin Kazan | 0 | (0) |
| 2013 | → Fakel Voronej (ijara) | 1 | (0) |
| 2014 | → Neftekhimik (ijara) | 0 | (0) |
| 2014 | KAMAZ | 0 | (0) |
| 2015—2016 | Neftchi | 30 | (0) |
| 2018—2019 | Qizilqum | 43 | (0) |
| 2020 | FC Kaganat | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Yevgeniy Gennadyevich Cheremisin (1988-yil 29-fevralda tugʻilgan, Naberejnye chelni, Tatar ASSR) – rossiyalik futbolchi , darvozabon. Oʻzbekiston oliy ligasida 30 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.
Faoliyati
| ]Chelnidagi „Zarya“ futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, birinchi murabbiyi Gennadiy Andreevich Kadilskiy. Professional futbolga Nijnekamskning „Neftekhimik“ jamoasi bilan kirib kelgan. Klub bilan 2005-yilda Rossiya kubogi oʻyinlarida va 2006-yilda ikkinchi divizionda debyut qilgan. Nijnekamsk jamoasida ikki mavsum davomida u milliy chempionatlarda 36 oʻyin oʻtkazgan.
2008-yilda u Qozonning „Rubin“ klubiga oʻtdi. Klubda Rossiya chempionatida jamoas bilan asosiy tarkib oʻyinchisi sifatida birorta ham oʻyin oʻtkaza olmadi. Mamlakat kubogida u bitta oʻyinda ishtirok etdi – 2010-yil 13-iyulda Astraxanning „Volgar“ jamoasiga qarshi . 2010-yilda Hamdoʻstlik kubogi gʻolibi boʻldi. Rubin-2 va Rubin jamoasi tarkibida chempionatda 39 ta oʻyin oʻtkazdi va 44 ta gol oʻtkazib yubordi. Fakel Voronezh ijaraga oʻtdi, jamoada bor-yoʻgʻi 1 ta oʻyinda maydonga tushdi. 2014-yilda esa Neftekhimik klublariga oʻtdi, klubda birorta ham oʻyinda maydonga tushmadi. Shu yil FC KAMAZ klubiga qoʻshildi.
2015-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtdi. U Oʻzbekiston oliy ligasidagi debyut uchrashuvini 2015-yil 14-mart kuni „Shoʻrtan“ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Mavsum davomida u barcha 30 uchrashuvni asosiy tarkibda oʻtkazdi. Jamoasi bvilan soʻnggi bir necha yil ichida eng yaxshi natija – beshinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi. Biroq mavsum yakunida xorijlik darvozabonlarning Oʻzbekiston chempionatida oʻynashi taqiqlangani bois, darvozabon „Neftchi“ni tark etishga majbur boʻldi.
2017-yil boshida u Belorussiyaning „Isloch“ klubiga koʻrikka borgan, ammo transfer muvaffaqiyatli amalga oshirilmagan. 2018-yilda Oʻzbekiston superligasi vakili Qizilqum klubiga qoʻshildi. Klubda 43 ta oʻyinda maydonga tushdi. klubda 2 mavsum oʻynadi. Sonʼg, Qirgʻizistonning Kaganat klubiga oʻtdi.
Yutuqlari
| ]- Rossiya Superkubogi: 2010
Manbalar
| ]- KRYoSTNIY OTYeTs YuNIX ChYeLNINSKIX FUTBOLISTOV
- Match Volgar-Gazprom – Rubin. footballfacts.ru
- Yevgeniy Cheremisin: „Kubok Sodrujestva otobral u nas ochen mnogo emotsiy“
- Match Neftchi F – Shurtan. soccerway.com
- Chetire slagaemix uspexa. Kak „Neftchi“ vernulsya v elitu
- Rossiyskiy vratar Cheremisin priexal na prosmotr v „Isloch“
Havolalar
| ]- „Rubin Qozon“ rasmiy veb-saytidagi oʻyinchi sahifasi (Wayback Machine saytida 2010-08-11 sanasida arxivlangan)
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- 29-fevralda tugʻilganlar
- 1988-yilda tugʻilganlar
- Naberejniye chelnida tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- FC Neftekhimik Nizhnekamsk futbolchilari
- FC Rubin Qozon futbolchilari
- FK Rubin-2 futbolchilari
- FC Dinamo Sankt-Peterburg futbolchilari
- FC Fakel Voronezh futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Qizilqum klubi futbolchilari
- FC Kaganat klubi futbolchilari
- Rossiya birinchi ligasi futbolchilari
- Rossiya Ikkinchi ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar
- Qirgʻizistondagi muhojir erkak futbolchilar
- Erkak futbol darvozabonlari
- Rossiyalik erkak futbolchilar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Yevgeniy Cheremisin haqida, Yevgeniy Cheremisin nima? Yevgeniy Cheremisin nimani anglatadi?




Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!