Togʻ echkilari – quvush shoxli juft tuyoqlilar urugʻi. Gavdasining uzunligi 100-170 sm, yagʻrinidan bal. 65-115 sm, vazni 35–150 kg. Serkasi (erkagi) uzun „soqoli“ va dumi ostida hid bezlari rivojlangan. 8 turi bor. Shimoliy Afrika, Yevrosiyoda, jumladan, Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Gʻarbiy Sibir togʻlarida tarqalgan. Chiqish qiyin boʻlgan qoyali joylarda yashaydi. Oʻzbekiston togʻlarida 2 turi: burama shoxli echki, yaʼni morxoʻr (Koʻhitang va Bobotogʻda) va Sibir togʻ echkisi (Turkiston va Chatqol togʻ tizmalarida) uchraydi. Yilda 1-2 bola tugʻadi. 15-17 yil yashaydi. Goʻshti va terisi uchun ovlangan. 2 turi ham Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Soni keskin kamayib ketgan. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkiloti Qizil kitobiga 2 turi va 2 kenja turi kiritilgan.
Tog%CA%BB echkilari
Biologik klassifikatsiya
Olam:
Hayvonlar
Manbalar
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi(2000-2005).
„Togʻ echkilari“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (T-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Biologiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
k
m
t
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Yovvoyi Echkilar haqida, Yovvoyi Echkilar nima? Yovvoyi Echkilar nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!