Zarafshon muzligi
Zarafshon muzligi - Olay, Turkiston va Zarafshon tizmalari birbiri bilan qoʻshilgan joydagi muzlik. Mastchoh tog tugunida joylashgan. Uzunligi 27,8 km, eng keng joyi 2 km, mayd. 43 km² (irmoqlari bilan birga 132,6 km²), oʻrtacha qalinligi 200 m. Muzlikning 24 km² qismi morena bilan qoplangan. 3. m.ning umumiy hajmi 14,9 km³. Boshlanish joyining bal. 4900 m, quyi chegarasining bal. esa 2772 m. 30 dan ortiq irmogʻi bor. Eng yiriklari: Tolstoy muzligi (uz. 12 km, mayd. 19 km²), Faraxnov (uz. 14,4 km, mayd. 14 km²), Miramin (uz. 7 km, mayd. 10 km²) va Skachkov (uz. 6,5 km mayd. 9 km²) muzliklaridir. 3. m.ning suv zaxirasi (irmoqdari bilan) qariyb 19 mlrd. m³. Muzlik uchi ancha pastga tushib kelganidan yozda koʻp eriydi.
Adabiyot
- Krupneyshiye ledniki Sredney Azii — ledniki Fedchenko i Zarafshanskiy [Rezultati meteorologicheskix i gidrologicheskix issledovaniy], L., 1967; Kreyter A. A., Nasirov M. A. i dr., Sovremennoye oledeneniye v basseyne reki Zarafshan, T., 1972; Shuls V. L., Mashrapov R., Oʻrta Osiyo gidrografiyasi, T., 1969.
Manbalar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Gidrologiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Zarafshon muzligi haqida, Zarafshon muzligi nima? Zarafshon muzligi nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!