Zaynab Dayibekova

Zaynab Kazbekovna Dayibekova (2002-yil 19-noyabr, Qoraqalpogʻiston, Nukus) – oʻzbekistonlik qilichboz, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2020-yilgi hamda 2024-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Zaynab Dayibekova Kazbekovna
image
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi image Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 19-noyabr 2002-yil (2002-11-19) (22 yosh)
Nukus, Qoraqalpogʻiston
Sport
Qaysi sport qilichbozlik
Medallar
image image

Hayoti

Zaynab Dayibekova 2002-yil 19-noyabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida tugʻilgan. 2015-yildan beri qilichbozlik bilan shugʻullanadi. Birinchi murabbiyi Daurbek Jiermuratov. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filialida tahsil olgan.

Faoliyati

Zaynab Dayibekova 2018-yilda BAAda oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi.

2019-yili Toshkent shahrida (Oʻzbekiston) oʻtkazilgan qilichbozlik boʻyicha oʻsmir qizlar oʻrtasidagi Jahon kubogida u finalda Turkiyaning Nisonur Erbilni 15:12 hisobida magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.

U 2021-yilda qilichbozlik boʻyicha Osiyo-Okeaniya litsenzion turnirida Zaynab Dayibekova Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiya oʻyinlariga litsenziya qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi. Finalda licenziya uchun kechgan jangda u Aigerim Saribayni (Qozogʻiston) 15:6 hisobida magʻlub etdi. 2021-yil 30-iyun kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni bayrami munosabati bilan Zaynabni "Shuhrat" medali bilan taqdirladi. Oʻsha yili Qohirada (Misr) qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida u yettinchi oʻrinni egalladi.

XXXMII yozgi Olimpiya oʻyinlarida Zaynab oʻz chiqishlarini yaponiyalik Tika Aoki ustidan 15:9 hisobida gʻalaba qozonish bilan boshlab berdi. U ikkinchi bosqichda Osiyo kumush medali sovrindori, xitoylik Shao Yaqini 15:10 hisobida magʻlub etdi. 1/8 finalda u yana koreyalik Yun Ji Suni 15:12 hisobida magʻlub etdi. Chorak finalda u jahon va Yevropa chempionatlari sovrindori vengriyalik Anna Marton bilan uchrashdi, ammo 11:15 hisobida yutqazdi.

2021-yilda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Zaynabni Olimpiya harakatini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun "Jasorat" medali bilan taqdirladi.

2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari

Zaynab Dayibekova Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining ochilish marosimida Abdumalik Xalokov bilan birga Oʻzbekiston terma jamoasining bayroqdori boʻlgan. Ushbu turnirda 2024-yilning 29-iyul kuni Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 1/16 finalda Tokio olimpiadasi sovrindori koreyalik Jisu Yonga 11:15 hisobida imkoniyatni boy berdi va turnirni tark etdi.

Unvon va mukofotlari

  • „Jasorat“ medali
  • „Shuhrat“ medali

Manbalar

  1. „Parij—2024. Qilichboz Zaynab Dayibekovaning ilk raqibi ma’lum bo‘ldi“. daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 26-iyul.
  2. „Zaynab Dayibekova“. FIE. Qaraldi: 2021-yil 28-iyul.
  3. „Olimpiada o‘yinlarining ishtirokchisi Zaynab Dayibekova Qurolli Kuchlar safiga qabul qilindi“. O`ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI.
  4. „DAYIBEKOVA Zaynab“. International Fencing Federation.
  5. „За 2 месяца девушка получила два автомобиля от Президента“ (ru). Новости Узбекистана. Qaraldi: 2021-yil 31-iyul.
  6. „Зайнаб Дайибекова завоевала золотую медаль кубка Мира“ (ru). sport.ziyonet.uz. 2021-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-iyul.
  7. „Зайнаб Дайибекова: «Я выполнила свое обещание перед Президентом»“ (ru). xs.uz. 2021-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-iyul.
  8. „Зайнаб Дайибекова завоевала лицензию на Токио-2020 + ФОТО“ (ru). Olamsport.com. Qaraldi: 2021-yil 31-iyul.
  9. „Узбекские спортсмены получили госнаграды от президента в честь «Дня молодёжи»“ (ru). UzReport.news. Qaraldi: 2021-yil 31-iyul.
  10. „INTERNATIONAL FENCING FEDERATION - The International Fencing Federation official website“. INTERNATIONAL FENCING FEDERATION - The International Fencing Federation official website. Qaraldi: 2021-yil 31-iyul.
  11. „Саблистка Зайнаб Дайибекова дошла до четвертьфинала, но уступила сопернице - Nuz.uz“ (ru-RU). Новости Узбекистана сегодня: nuz.uz (2021-yil 26-iyul). 2021-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-iyul.
  12. „Fencing Women's Sabre Individual - Bracket Results | Tokyo 2020“ (en-us). ... Qaraldi: 2021-yil 31-iyul.[sayt ishlamaydi]
  13. „Дайибекова Зайнаб / Zaynab Dayibekova“ (ru). news.sportbox.ru. Qaraldi: 2021-yil 31-iyul.
  14. uza.uz. „О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на XXXMII летних Олимпийских играх в городе Токио“ (uz). Uza.uz (2021-yil 13-avgust). Qaraldi: 2021-yil 13-avgust.
  15. „Знаменосцами Узбекистана на Олимпиаде в Париже станут Абдумалик Халоков и Зайнаб Дайибекова“. gazeta.uz. Qaraldi: 3-avgust 2024-yil.
  16. „Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН (3-кун)“. olamsport.com. Qaraldi: 29-iyul 2024-yil.
  17. „Prezident Olimpiadada ishtirok etgan sportchilar va murabbiylarni mukofotladi“. gazeta.uz. Qaraldi: 31-iyul 2024-yil.
  18. „Prezident Alisher Sa’dullayevni “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotladi“. qalampir.uz. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.


vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Zaynab Dayibekova haqida, Zaynab Dayibekova nima? Zaynab Dayibekova nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan