Ziyodulla Poʻlatxoʻjayev
| Ziyodulla Saʼdullayevich Poʻlatxoʻjayev | |
|---|---|
Зиёдулла Саъдуллаевич Пўлатхўжаев | |
![]() Dmitriy Medvedev O‘zbekiston Respublikasi elchisi Ziyodulla Po‘latxo‘jayevdan ishonch yorlig‘ini qabul qilmoqda. Moskva, 2010-yil 3-iyun | |
| Mansab davri 2010-yil 15-apreldan – 2014-yil 23-aprelgacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Ilhom Neʼmatov |
| Vorisi | Akmal Kamolov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 4-mart 1961-yil Andijon |
Ziyodulla Saʼdullayevich Poʻlatxoʻjayev — oʻzbek muhandisi, diplomati. 2010-2014-yillarda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi. 2007-2010-yillarda Oʻzbekistonning Qirgʻizistondagi elchisi.
Biografiyasi
| ]Ziyodulla Poʻlatxoʻjayev Toshkent avtomobil-yo‘llar institutini (1983), SSSR Tashqi savdo akademiyasini (1990) tamomlagan. Rus, ingliz, nemis tillarini biladi.
O‘zbekiston transport tizimi tashkilotlarida, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining bo‘limlarida turli lavozimlarida ishlagan.
1993-yildan — diplomatik ishda. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining turli tuzilmaviy bo‘linmalariga rahbarlik qilgan, vazir yordamchisi va maslahatchisi bo‘lgan.
1993-1995 va 1999-2003-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi xodimi.
1995-1999-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.
1999-2007 — O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi maslahatchisi.
2007-2010-yillarda — O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘iziston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.
2010-yildan 2014-yilgacha — O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi.
2014-yildan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektorining oʻrinbosari.
Manbalar
| ]- „Послом в РФ стал Зиядулла Пулатходжаев“.
- „Университет мировой экономики и дипломатии“.
- 4-martda tugʻilganlar
- 1961-yilda tugʻilganlar
- Andijonda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchilari
- Yashayotgan insonlar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ziyodulla Poʻlatxoʻjayev haqida, Ziyodulla Poʻlatxoʻjayev nima? Ziyodulla Poʻlatxoʻjayev nimani anglatadi?





Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!