Aleksandr Ivankov

Aleksandr Dmitrievich Ivankov (1949-yil 17-oktyabr — 2004-yil 6-iyun) — Toshkentning „Paxtakor“ klubi himoyachisi va murabbiyi.

Aleksandr Ivankov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksandr Dmitrievich Ivankov
Tavallud sanasi 17-oktyabr 1949-yil (1949-10-17) (75 yosh)
Tavallud joyi Chirchiq, Toshkent viloyati
image Oʻzbekiston
Vafot sanasi 6-iyun 2004-yil(2004-06-06)
(54 yoshda)
Vafot joyi Toshkent, 
image Oʻzbekiston
Ampluasi himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1970—1977
1977
1978
1980
image Paxtakor
imageShahrixon
imageXorazm
imageNarimanovets
(113(2)
? (1)
? (0)
21(2))
Boshqargan klublari
1979—1980
1985
1986
1987—1988
1992—1995
1992—1994
1995
1995
1996—1997
1999
2000
imageNarimanovets
imageYangiyer
imageOʻzbekiston SSSRmurabbiy
imageDinamo (Samarqad)
imageNurafshon
imageOʻzbekiston (23yoshgacha)
imageOʻzbekiston
imageMHSK
imagePaxtakor
imageKimyogar (Chirchiq)
imagePaxtakor
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

SSSR sport ustasi, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1986).

Karyerasi

Futbolchilik faoliyati

Ivankov bolaligida suvga shoʻngʻishni yaxshi koʻrardi, biroq keyinchalik futbolni tanladi. Ivankovning birinchi murabbiyi Vadim Tereshchenko boʻlgan. Ivankov harbiy xizmatni Budapeshtda oʻtagan. U yerda Ivankovning istedodini Vsevolod Bobrov payqab qoladi va yosh futbolchini „Paxtakor“ jamoasiga yozilishini tavsiya qiladi. Boshida u hujum chizigʻida oʻynadi, ammo klubning oʻsha paytdagi bosh murabbiyi Mixail Yakushin uni himoyaga oʻtkazadi.

Ivankov Toshkent klubida 8 yil toʻp surdi. Jamoadagi faoliyati davomida u SSSR sport ustasi unvoniga sazovor boʻldi. Himoyachi „Paxtakor“ni tark etgach, O‘zbekistonning „Shahrixon“, „Xorazm“ va „Narimanovets“ klublarida oʻynadi.

Murabbiylik faoliyati

Aleksandr Ivankov murabbiylik faoliyatini „Narimanovets“ klubida boshlagan. Ayni shu klubda u futbolchilik faoliyatini yakunlagandi. 1986-yilda SSSR xalqlari Spartakiadasida Oʻzbekiston SSR terma jamoasi murabbiyi boʻlgan. Unda Oʻzbekiston jamoasi ikkinchi oʻrinni egallagan. Ushbu muvaffaqiyati uchun murabbiyga Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy unvoni berilgan. 1986-1987 yillarda Ivankovning ustozi Samarqandning „Dinamo“ jamoasi murabbiyi boʻlgan.

SSSR parchalanganidan keyin ham murabbiylik faoliyatini davom ettirdi. 1994-yili „Nurafshon“ jamoasini mamlakat vitse chempioniga aylantirdi. 1995-yilda Ivankov Oʻzbekiston terma jamoasini ikkita oʻyinda boshqargan. Oʻsh yili Afrika-Osiyo Millatlar Kubogida Ivankov boshchiligidagi jamoa Nigeriya termasiga munosib qarshilik koʻrsatgan.

1996-yilning iyun oyidan „Paxtakor“ jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelgan. Uning qoʻl ostida jamoa 1997-yilda Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritgan. 2000-yilda yana „Paxtakor“ga murabbiy etib tayinlangan, biroq bu safar atigi olti oy jamoani boshqargan.

2004-yil 6-iyunda vafot etgan. Toshkentdagi 1-qabristonning Kommunistik uchastkasiga (2-xarita) dafn etilgan.

Ivankovning farzandi Denis (1972-yilda tugʻilgan) ham futbolchi edi. U Oʻzbekistonning bir qator klublarida, jumladan, „Paxtakor“da ham darvozabon sifatida oʻynagan.

Yutuqlari

  • SSSR xalqlari Spartakiadasi finalchisi: 1986
  • Oʻzbekiston Vitse chempioni: 1994
  • Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 1996

Manbalar

  1. „Xotira. O'n besh yil avval Aleksandr Ivankov oramizdan ketgandi“ (2019-yil 7-iyul).
  2. „Биография на сайте «Ташкент помнит!»“. 23-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-fevral 2020-yil.
  3. „У «Пахтакора» опять новый тренер“. sport-express.ru. 23-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-fevral 2020-yil.
  4. „Биография на сайте «Спортивный некрополь»“ (deadlink). 2-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-mart 2015-yil.

Havolalar

  • Статистика тренеров сборной Узбекистана на Uzfootball.uz

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Aleksandr Ivankov haqida, Aleksandr Ivankov nima? Aleksandr Ivankov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan