Aleksandr Lobanov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aleksandr Lobanov
image
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksandr Sergeyevich Lobanov
Tavallud sanasi 4-yanvar 1986-yil (1986-01-04) (39 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbek SSR
Boʻyi 190 cm (6 ft 3 in)
Ampluasi Darvozabon
Vazni 80 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
image Navbahor
Raqami 86
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2006 image Soʻgʻdiyona 25 (0)
2007 image Qaysar 18 (0)
2008 image Aqjayiq 9 (0)
2009 image Buxoro 4 (0)
2011 image Jayhun 10 (0)
2012—2015 image Paxtakor 107 (0)
2016 image Persepolis 8 (0)
2016—2019 image Paxtakor 72 (0)
2019—2023 image Metallurg 50 (0)
Milliy terma jamoa
2015—2018 image Oʻzbekiston 20 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(7-aprel 2023 uchun)

Aleksandr Lobanov 1986-yili 4-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. Namanganning „Navbahor“ futbol klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni hisoblanadi.

Futbolchilik faoliyati

| ]

Aleksandr Lobanov professional futboldagi ilk faoliyatini 2005-yili Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubida boshlagan. Soʻgʻdiyona tarkibida u 25ta oʻyinda maydonga tushgan. 2007-yili Qozogʻistonning „Qaysar“ futbol klubiga oʻtadi va u yeda bir mavsumda 18ta uchrashuvda maydonga tushadi. Keyingi yili qozogʻistonning boshqa bir futbol klubi „Aqjayiq“ safiga oʻtadi, u yerda ham bir mavsum oʻynab, 9ta oʻyinda klub sharafini himoya qiladi. Lobanov 2009-yili Oʻzbekistonga qatadi va Buxoroning „Buxoro“ klubiga kelib qoʻshiladi, Buxoro safida ikki mavsum oʻynaydi va 4ta uchrashuvda maydonga tushadi. 2011-yili Nukusning „Orol“ klubiga oʻtadi.

2012-yili u Paxtakor murabbiyining eʼtiboriga tushadi va „Paxtakor“ klubi bilan 3 yillik shartnoma tuzadi. U birinchi mavsumdanoq Paxtakorning asosiy darvozaboniga aylanadi va oldingi asosiy darvozabon Temur Joʻrayevning oʻrnini egallaydi. u Shu vaqtga qadar Paxtakor safida 90ta uchrashuvga maydonga tushdi.

Persepolis

| ]

2016-yilning yanvarida Lobanov Fors koʻrfazi Pro-ligasi vakili „Persepolis“ bilan olti oylik shartnoma imzoladi. Unga 55-raqamli futbolka berildi. U 2016-yilning 12-fevralida „Persepolis“ safida „Fulad“ ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda oʻzining birinchi oʻyinini qayd etdi. Fors diyorida atigi yarim mavsumda sakkizta oʻyinda oʻynadi va Eron klubining ikkinchi darvozaboni bilan raqobatda magʻlub boʻldi. Shu yilning iyul oyi oxirida „Paxtakor“ga qaytdi. 2019-yilda „Metallurg“ (Bekobod) jamoasiga koʻchib oʻtdi. 2023-yil mavsum soʻngida Bekobod klubidagi besh yillik faoliyatidan soʻng „Metallurg“ jamoani tark etgan. 2024-yil fevral oyida "Navbahor" jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Terma jamoadagi faoliyati

| ]

Aleksandr Lobanov 2015-yildan boshlab bir qancha oʻyinlarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safiga jalb etiladi va 2015-yilning 3-sentabrida 2018-yilgi jahon chempionatining saralash bosqichidan joy olgan Oʻzbekiston Yaman uchrashuvida ilk debyutini oʻtkazadi.

Yutuqlari

| ]
Klub safida

Paxtakor

  • Oʻzbekiston chempioni (2): 2012, 2014, 2015
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2018
  • Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 2017

Persepolis

  • Fors koʻrfazi Pro ligasi ikkinchi oʻrinchisi: 2015-16

Manbalar

| ]
  1. „Sports.kz Еще та лимита. Часть 3“. 2018-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-yanvar.
  2. „Sports.ru Йемена мать! Как Узбекистан одержал первую победу при Самвеле Бабаяне“. 2018-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-yanvar.
  3. „Footballfacts.ru Александр Лобанов“. 2015-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-fevral.
  4. „Tasnim News Agency – Iran’s Persepolis Signs Uzbekistan International Keeper Lobanov“. Tasnim News Agency.
  5. „Лобанов, Алиқулов, Абдураимов ва яна 4 футболчи "Металлург"дан кетди“ (2024-yil 4-yanvar).
  6. „"Металлург" таркибини 7 нафар футболчи тарк этди“ (2024-yil 4-yanvar).
  7. „Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг собиқ биринчи рақамли дарвозабони “Навбаҳор”га ўтмоқда“ (2024-yil 6-yanvar).
  8. „"Навбаҳор" Ўзбекистон МТЖ собиқ дарвозабонини ўз сафига қўшиб олди“ (2024-yil 10-fevral).

Havolalar

| ]
  • Aleksandr Lobanov Footballzz saytida
  • Aleksandr Lobanov Eurosport saytida
  • Aleksandr Lobanov Espnfc saytida
  • Aleksandr Lobanov Footballfacts saytida
  • Aleksandr Lobanov Soccerway saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Aleksandr Lobanov haqida, Aleksandr Lobanov nima? Aleksandr Lobanov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan