Andrey Miklyayev
Andrey Gennadyevich Miklyayev 1967-yil 7-sentabrda Toshkentda tugʻilgan oʻzbek futbolchisi, himoyachi va yarimhimoyachi. Hozirgi kunda murabbiylik faoliyati bilan shugʻullanadi. 2019-yildan buyon “Surxon” (Termiz) klubi bosh murabbiyi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Miklyayev Andrey Gennadyevich | ||
Tavallud sanasi | 7-sentyabr 1967-yil Toshkent | ||
Boʻyi | 174 sm | ||
Ampluasi | himoyachi, yarimhimoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
– | ![]() | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1987 | ![]() | (33 (2)) | |
1987 | ![]() | (0 (0)) | |
1988-1990 | ![]() | (67 (1)) | |
1991 | ![]() | (33 (0)) | |
1992-1994 | | (83 (6)) | |
1995 | | (21 (1)) | |
1995 | | (6 (2)) | |
1996-1997 | | (54 (1)) | |
1998-1999 | | (22 (0)) | |
2000-2001 | | (36 (1)) | |
Milliy terma jamoa | |||
1992-1997 | Oʻzbekiston | ||
Boshqargan klublari | |||
2002-2003 2004 | | ||
2005-2007 | | ||
2008-2010 | | ||
2010 | | ||
2011 | | ||
2012-2015 | | ||
2015 | | ||
2016-2018 | | ||
2018 - h.q. | | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Karyerasi
Futbolchilik faoliyati
Andrey Miklyayev Toshkentning “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U shu klubning futbol akademiyasida tahsil olgan. 1984-yilda Miklyayev oʻzining professional faoliyatini aynan shu klub tarkibida boshlagan. 1987-yilda Kiyevning “SKA” va Moskvaning “SSKA” klublarida oʻynagan.
1980-yillar oxirida Miklyayev “Paxtakor”ga qaytgan. 1991-1994-yillarda Fargʻonaning “Neftchi” jamoasida toʻp surgan va ushbu klub safida 116 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urgan. 1990-yillarning ikkinchi yarmida “Paxtakor”, “Politotdel” va “Nasaf” klublarida oʻynagan. 2000-2001-yillarda Bekobodning “Metallurg” jamoasida toʻp surgan va 2001-yilda futbolchilik faoliyatini shu klub tarkibida yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati
Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan bir yil oʻtib, 2002-yilda Toshkentning “NBU-Osiyo” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Ikki mavsum shu klubda ishlagan va 2004-yili “Lokomotiv”ga oʻtib, Toshkent temiryoʻlchilariga rahbarlik qilgan. 2005-2007-yillarda Zarafshonning “Qizilqum” jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan. 2008-2010-yillarda Toshkentning “Lokomotiv” klubi sport direktori lavozimida ishlagan. 2010-yilda bir muddat “Lokomotiv” bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. 2011-yilda Olmaliqning murabbiylar shtabida ishlagan. 2012-yilda “Lokomotiv”ga qaytib, jamoa murabbiylar shtabi a’zoligiga kirgan. 2015-yilda yana bir muddat “Lokomotiv” bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. 2016-yilning yanvaridan 2018-yilning apreliga qadar ushbu klubda bosh murabbiy boʻlgan.
Manbalar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Andrey Miklyayev haqida, Andrey Miklyayev nima? Andrey Miklyayev nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!