Metallurg Bekobod

Metalurg Bekobod – Oʻzbekiston Oliy Ligasi da ishtirok etuvchi futbol klubi. Toshkent viloyati Bekobod shahri jamoasi. Jamoa bosh homiysi va egasi „Oʻzmetkombinat“ aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi. Klub 1998-yildan doimiy Oʻzbekiston Superligasi aʼzosi.

"Metallurg" PFK
image
Toʻliq nomi "Metalurg" PFK Bekobod Futbol klubi
Asos solingan 1945 (80 yil avval) (1945)
Stadion Metallurg (Stadion, Bekobod)
Stadion hajmi 15 000
Bosh direktori Shavkat Saidov
Rahbari Qahramon Nurmatov
Murabbiyi Ilyos Qurbonov
Vebsayt Rasmiy sayti
Musobaqasi Oʻzbekiston Superligasi
Mavsumi 2024 13
image
image
image
image
image
image
image
image
image
image
Asosiy libosi
image
image
image
image
image
image
image
image
Ikkinchi libosi

Tarixi

1945-yilda „Bekobod“ nomi bilan tashkil etilgan. Sovet davrida u SSSR chempionatining Ikkinchi ligasi va Ikkinchi quyi ligasida qatnashgan, bir necha mavsum Oʻzbekiston SSR chempionatida oʻynagan. 1985 va 1990-yillarda Oʻzbekiston SSR kubogi sohibi boʻlgan. Bekobod shahrining „Metallurg“ jamoasi tarixi 1945-yilga borib taqaladi. Ikkinchi jahon urushi poyoniga yetgandan soʻng Oʻzbekistonning metallurglar shahrida millionlar oʻyinini rivojlantirishga eʼtibor qaratildi. Zero poytaxtdan 150 chaqirim uzoqlikda joylashgan industriya shahri aholisi uchun futbol jamoasi ishtirokidagi oʻyinlar eng yaxshi dam olish vosita sanalgandi. Dastlabki yillarda jamoa asosini N. F. Ruskiy, A.Kuchkin, V.Li, V.Pak singari fidoyi insonlar tashkil etgan. Jamoa turli musobaqalarda, jumladan, sobiq Ittifoq chempionati ikkinchi ligasida, Toshkent viloyati birinchiligi va Kubogi, KFK respublika jamoalari Birinchiligi va Kubogida, kasaba uyushma qoʻmitalari jamoalari oʻrtasidagi Respublika birinchiligida, „Millionlar Kubogi“da va boshqa musobaqalarda qatnashgan. „Metallurg“ bekobodlik futbol ishqibozlarining mehrini qozonib kelgan. Jamoaning tashkil topishi, keyinchalik shakllanishi va musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashishida A.Toshxoʻjayev, Sh. Yoʻldoshev va K.Moʻminov singari murabbiylarning hissasi katta boʻlgan. 1991-yildan eʼtiboran „Metallurg“ futbol jamoasi Oʻzbekiston birinchiligi va Kuboklarining har yilgi ishtirok etib kelayapti. Mamlakat birinchiligida qatnashgan yillarda jamoani quyidagi murabbiylar boshqarishgan: Karim Moʻminov (1991, 1993, 1994), Aleksandr Myagkov (1992), Ravil Bagautdinov (1995), Vladimir Yejurov (1996). „Metallurg“ 1997-yilda Oʻzbekiston birinchiligida Yakov Kaprov hamda Sergey Dotsenkolar rahbarligida ishtirok etdi va 2-oʻrinni egallab, keyingi mavsumdan eʼtiboran Oʻzbekiston chempionatida qatnashish huquqiga sazovor boʻldi. Kuchlilar safida bekobodliklar chiroyli oʻyinlari bilan ishqibozlar olqishiga sazovor boʻlib kelmoqda. Jamoa ayniqsa uy uchrashuvlarida qadrdon muxlislari qarshisida hujumkor oʻyin koʻrsatib, peshqadam klublarni ham bir necha marta dogʻda qoldirishga muvaffaq boʻlgan.

SSSR parchalanganidan soʻng, 1992-yildan Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasida ishtirok eta boshladi. 1997-yilgi mavsumda u 2-oʻrinni egalladi va Oliy ligaga yoʻllanma oldi.

Oʻshandan beri u mamlakat elita boʻlinmasining doimiy aʼzosi. 2002 va 2018-yillarda 5-oʻrinni egallagan va bu Bekobodning „Metallurg“ jamoasining chempionatlardagi eng yuqori yutugʻi edi.

Jamoa nomlari tarixi

yillar Ism
1945—1969-yillar "Bekobod"
1969—1991-yillar "Sementchi"
1992—1993-yillar "Madanchi"
1994-yil - hozirgacha ichida. "Metallurg"

„Metallurg-Women“ tarixi

Toshkent viloyatining industriya shaharlaridan biri – Bekobodda ayollar futboliga asos solinganiga unchalik koʻp boʻlmadi. Ammo qisqa fursat ichida „Metallurg-Women“ mamlakatimizning eng kuchli jamoalaridan biriga aylanib ulgurdi. 2012-yil „Metallurg“ futbol klubi rahbariyati mavsum soʻngida ayollar jamoasini tashkil etish hamda Oʻzbekiston chempionatlarida qatnashish taklifini oldinga tashladi va bu Oʻzbekiston metallurgiya kombinati hissadorlik jamiyati tomonidan qoʻllab quvvatlandi. Natijada 2013-yilgi mavsumdan eʼtiboran „Metallurg-Women“ nomi ostida bekobodlik qizlar mamlakat chempionati hamda Oʻzbekiston kubogi bahslaridagi ishtirokini boshlashdi. Tashkil etilgan yiliyoq „Metallurg-Women“ning sovrindorlar safiga kirishi futbol jamoatchiligi tomonidan „syurpriz“ – kutilmagan hol deb qabul qilingan boʻlsa, besh yil davomida „Metallurg-Woman“ aslida katta maqsadlar sari dadil qadam tashlayotganligini isbotladi. Keyingi mavsumdayoq ayollar futbolimizdagi ikkinchi musobaqa – Oʻzbekiston kubogidagi yorqin gʻalaba buning isboti boʻldi. Poytaxt viloyati vakillari maqsadlariga bosqichma bosqich, sabr-matonat bilan erishib bordilar. Avvaliga bronza medaliga sazovor boʻlgan „Metallurg-Woman“ keyinchalik Oʻzbekiston kubogini, undan soʻng Oʻzbekiston Superkubogini qoʻlga kiritdi. Uchinchi oʻrin ikkinchi oʻringa almashdi. Bronza medali sifati kumush medal sifatiga oʻzgardi. Tashkil etilganining beshinchi mavsumini esa bekobodliklar beshga topshirishdi! Oʻzbekiston chempionatlari tarixida misli koʻrilmagan natija qayd etildi. „Metallurg-Woman“ chempionatning barcha – 20 ta uchrashuvida gʻalaba qozonib, bironta ham ochko yoʻqotmadi!!! „Metallurg-Women“ning milliy chempionatlarimizdagi natijalari borasida quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin. „Metallurg-Women“ milliy chempionatimizdan tashqari Oʻzbekiston kubogi hamda Superkubogi bahslarida ham zafar quchishgan. Bekobodliklar ikki karra Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻlishgan. 2015-yilgi mavsum finalida „Metallurg-Women“ Qarshining „Sevinch“ jamoasini qoʻshimcha vaqtda 4:2 hisobida magʻlubiyatga uchratgan boʻlsa, 2017-yilgi mamlakat Kubogi finalida Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasi dogʻda qoldirildi – 3:1. 2016-yilgi mavsumda Oʻzbekiston kubogi sohibi sifatida Superkubok musobaqasida Oʻzbekiston chempioni – „Sevinch“ jamoasi magʻlubiyatga uchratildi. Bu muvaffaqiyatni jamoa 2018-yilda ham takrorladi. Bu safar yangi murabbiylar shtabi boshchiligida bekobodlik qizlar finalda „Bunyodkor-vumen“ni dogʻda qoldirishdi – 2:1. Turli yillarda „Metallurg-Women“ oʻyinchilari mavsum toʻpularlari roʻyxatidan joy egallab kelishmoqda. Jumladan, 2014-yilda Nargiza Abdurasulova (19) ikkinchi natijani koʻrsatdi. 2015-yildan eʼtiboran esa sahnaga „Metallurg-Women“ hujumchisi Lyudmila Karachik koʻtarildi. U 2015-yilda – 66 ta gol bilan chempionatlar rekordi oʻrnatgan boʻlsa, 2016-yilda – 27, 2017-yilda – 42 ta goli bilan karvonboshilikni qoʻldan boy bermadi.

„Metallurg“ futzal jamoasi tarixi

Bekobod shahriga katta futbol ikkinchi jahon urushidan keyin, 1945-yilda kirib kelgan. Metallurglar shahrida shu nom bilan ataluvchi jamoa tuzildi va u poytaxtdan 150 km uzoqlikda joylashgan kichik shaharcha aholisi uchun asosiy dam olish vositasiga aylandi. Jamoa turli yillarda sobiq Ittifoq chempionati ikkinchi ligasida, Toshkent viloyati birinchiligi va Kubogi, KFK respublika jamoalari Birinchiligi va Kubogida, kasaba uyushma qoʻmitalari jamoalari oʻrtasidagi Respublika birinchiligida, „Millionlar Kubogi“da va boshqa musobaqalarda qatnashgan. Jamoaning tashkil topishi, keyinchalik shakllanishi va musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashishida A.Toshxoʻjayev, SH.Yoʻldoshev va K.Moʻminov singari murabbiylarning hissasi katta boʻlgan. 1991-yildan eʼtiboran „Metallurg“ futbol jamoasi Oʻzbekiston birinchiligi va Kuboklarining har yilgi ishtirok etib kelayapti. Mamlakat birinchiligida qatnashgan yillarda jamoani quyidagi murabbiylar boshqarishgan: Karim Moʻminov (1991, 1993, 1994), Aleksandr Myagkov (1992), Ravil Bagautdinov (1995), Vladimir Yejurov (1996). „Metallurg“ 1997-yilda Oʻzbekiston birinchiligida Yakov Kaprov hamda Sergey Dotsenkolar rahbarligida ishtirok etdi va 2-oʻrinni egallab, keyingi mavsumdan eʼtiboran Oʻzbekiston chempionatida qatnashish huquqiga sazovor boʻldi. Kuchlilar safida bekobodliklar chiroyli oʻyinlari bilan ishqibozlar olqishiga sazovor boʻlib kelmoqda. Jamoani eng koʻp va samarali boshqargan murabbiylardan biri Rustam Mirsodiqov hisoblanadi. Uning rahbarligida jamoa oʻnta mavsum kuchlilar safidagi mavqeyini saqlab keldi va oliy liga bahslarida ikki marta 5-oʻrinni egallab, eng yaxshi natijani qayd etdi. Aynan ushbu mutaxassis klubga rahbarlik qilib kelgan yillarda Bekobodda futbolning ajralmas qismi – futzalga ham asos solindi. 2016-yili „Metallurg“ PFK qoshida futzal jamoasi ham tuzildi va u mamlakat milliy chempionati hamda Oʻzbekiston kubogi bahslarida ishtirokini boshladi. Dastlabki mavsumda kuchlilar safida ishtirok etish bekobodliklar uchun oson kechmadi. Biroq gʻayratli, shijotli yoshlarni jamlagan murabbiylar shtabi metallurglar shahrida futbolning bu qiziqarli yoʻnalishining ham shakllanishiga erishdilar.

Mahalliy musobaqalar tarixi

Mavsum Liga Oʻzbekiston Kubogi Eng yaxshi toʻpurar Murabbiy
Div. Pos. Pl. W D L GS GA P Ism Liga
1992 2 8 30 13 7 10 45 50 33 1/16 final bosqichi
1993 2 11 30 8 11 11 35 41 27 1/16 final bosqichi
1994 2 7 34 15 8 11 66 36 38 1/8 final bosqichi image Ravshan Shukurov 18
1995 2 10 22 6 3 13 32 53 21 Dastlabki bosqich
1996 2 9 52 24 6 22 73 64 78 Dastlabki bosqich
1997 2 2 42 27 6 9 95 42 87 Dastlabki bosqich
1998 1 13 30 9 7 14 37 50 34 1/16 final bosqichi image Zuhriddin Akbarov 6 image Sergey Dotsenko
1999 1 8 30 11 6 13 41 44 39 1/16 final bosqichi image Gʻayrat Odilov 10 image Yakov Kaprov

image Usmon Asqaraliyev

2000 1 13 38 12 8 18 44 58 44 image Ulugʻbek Roʻzimov 8 image Rauf Inileyev

image Valeriy Lyotkin

2001 1 14 34 9 12 13 42 60 39 1/8 final bosqichi image Noʻmon Nurmatov

image Gʻayrat Odilov

9 image Usmon Asqaraliyev
2002 1 5 30 14 6 10 40 35 48 1/8 final bosqichi image Vladimir Baranov 8 image Rustam Mirsodiqov
2003 1 13 30 9 5 16 36 69 32 1/8 final bosqichi image Hikmat Hoshimov

image Abbos Abdullayev

6 image Valeriy Lyotkin
2004 1 9 26 8 3 15 26 48 27 1/16 final bosqichi image Hikmat Hoshimov 6 image Rustam Mirsodiqov

image Eldor Sakayev

2005 1 11 26 9 2 15 32 47 29 Dastlabki bosqich image Islom Choriyev

image Muxtor Qurbonov

7 image Eldor Sakayev
2006 1 14 30 7 7 16 36 45 28 Chorak final image Bahrom Umarov 11 image Shamil Tolipov

image Eldor Sakayev

2007 1 15 30 6 5 19 32 62 23 1/8 final bosqichi image Zohid Abdullayev 7 image Shamil Tolipov

image V Rustamovimage Valeriy Lyotkin

2008 1 7 30 12 6 12 28 34 42 1/8 final bosqichi image Hikmat Hoshimov 6 image Rustam Mirsodiqov
2009 1 12 30 7 10 13 36 49 31 1/8 final bosqichi image Zohid Abdullayev 6 image Rustam Mirsodiqov
2010 1 6 26 9 8 9 29 31 35 1/8 final bosqichi image Zohid Abdullayev 7 image Rustam Mirsodiqov
2011 1 8 26 9 4 13 35 42 31 1/8 final bosqichi image Ilyos Qurbonov 8 image Rustam Mirsodiqov
2012 1 10 26 8 5 13 32 46 29 Chorak final image Zohid Abdullayev 9 image Rustam Mirsodiqov
2013 1 7 26 10 3 13 36 44 33 1/16 final bosqichi image Shahzodbek Nurmatov 9 image Rustam Mirsodiqov
2014 1 9 26 8 4 14 44 54 28 1/8 final bosqichi image Sunnatilla Mamadaliyev

image Shahzodbek Nurmatov

8 image Rustam Mirsodiqov
2015 1 9 30 10 6 14 44 38 36 Chorak final image Shahzodbek Nurmatov 10 image Rustam Mirsodiqov
2016 1 7 30 14 7 9 47 34 49 Chorak final image Zohid Abdullayev 18 image Rustam Mirsodiqov
2017 1 10 30 12 4 14 40 39 40 Uchinchi bosqich image Zohid Abdullayev 12 image Rustam Mirsodiqov
2018 1 5 20 5 4 11 12 28 19 1/16 final bosqichi image Zohid Abdullayev

image Islombek Isoqjonov

7 image Andrey Shipilov
2019 1 5 26 9 8 9 33 26 35 Ikkinchi bosqich image Zohid Abdullayev

image Muzaffar Muzaffarov

image Stanislav Andreyev

image Bahodir Pardaev

5 image Andrey Shipilov
2020 1 7 26 10 6 10 30 30 36 Chorak final image Shaxzod Ubaydullaev 8 image Andrey Shipilov
2021 1 11 26 8 1 17 22 35 25 1/8 final image Damir Temirov 4 image Andrey Shipilov

image Jasur Abduraimovimage Luisma Hernández

2022 1 10 26 8 8 10 19 27 32 1/8 final image Shohnazar Norbekov 7 image Luisma Hernández
2023 1 10 26 8 6 12 26 35 30 1/8 final image Zabihillo Oʻrinboyev 7 image Luisma Hernández

image Vesco Stesevic

2024 1 13 26 3 14 9 22 30 23 1/8 final image Marko Milićković 6 image Vesco Stesevic

image Ilyos Qurbonov

image Grigoriy Kolosovskiy

image Ilyos Qurbonov

Stadion

Klub oʻz oʻyinlarini 1960-yildan buyon A.Anoxin nomidagi stadionda oʻtkazib keladi. Dastlab stadion 5000 tomoshabinga moʻljallangan edi. 2009-yilda stadionni rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi. 2012-yilning yozida yangi stadion qurilish ishlari yakunlandi va stadion sigʻimi 15 000 tagacha kengaytirildi va stadion nomi „Metallurg“ stadioni nomini oldi. Stadionning tantanali ochilish marosimi 2012-yilning 4-avgust kuni Oʻzbekiston ligasi doirasidagi „Metallurg“ – „Paxtakor“ uchrashuvida 1:2 hisobida yakunlangan edi.

Yutuqlar

SSSR

  • Oʻzbekiston SSR kubogi:
    • Gʻolib (2 marta): 1985, 1990.

Oʻzbekiston

  • Birinchi liga:
    • 2-oʻrin (1 marta): 1997-yil

Jamoa tarkibi

Joriy tarkib

2024-yil 28-fevral holatiga

Eslatma: bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoani koʻrsatadi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin. Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
1 GK image UZB Samandarbek Joʻrabekov
2 DF image UZB Murodjon Erkinov
3 DF image UZB Zafarbek Rahimov
4 MF image BIH Kerim Palić
6 DF image UZB Xudoyshukur Sattorov
8 MF image UZB Iskandar Shayqulov
9 FW image UZB Zabihillo Oʻrinboyev
10 FW image UZB Shahzod Ubaydullayev
11 FW image TJK Daler Sharipov
12 GK image UZB Dilruh Aliyev
13 DF image UZB Abdulloh Odiljonov
14 MF image UZB Abror Toshqoʻziyev
16 DF image UZB Firdavs Hamidullayev
17 MF image UZB Ravshanbek Abdumannonov
R. Poz. Millati Futbolchi
18 MF image UZB Suhrob Parpiyev
21 MF image UZB Hazratjon Tursunqulov
22 MF image UZB Shahzod Gʻofurbekov
23 DF image UZB Abdumutallib Rajabboyev
25 MF image UZB Shahzodjon Neʼmatjonov
26 DF image UZB Suhrobjon Tursunov
31 MF image MNE Marko Milićković
32 DF image UZB Zafarbek Rahimjonov
33 DF image SRB Ivan Josović
35 GK image UZB Rahimjon Davronov
77 MF image UZB Alisher Xayrullayev
87 GK image UZB Akmal Ortiqov
88 MF image UZB Sirojiddin Qoʻziyev

U19

2024-yil 11-oktyabr holatiga

Eslatma: bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoani koʻrsatadi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin. Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
89 GK image UZB Kamronbek Hamroyev
13 DF image UZB Abdulloh Odiljonov
16 DF image UZB Firdavs Hamidullayev
18 MF image UZB Suhrob Parpiyev
28 FW image UZB Abdulhamid Turgʻunboyev
38 DR image UZB Abdulbosit Soliyev
37 MF image UZB Ozodbek Tojiyev
66 DR image UZB Samirjon Robbimov
70 MF image UZB Ruslan Mangold
73 MF image UZB Ali Rixsiboyev
R. Poz. Millati Futbolchi
85 MF image UZB Ozodbek Ergashev
90 GK image UZB Mirjalol Nurmamatov
36 MF image UZB Feruzjon Zokirov
39 FW image UZB Sayiddin Mavlonov
43 MF image UZB Avazbek Odilov
46 MF image UZB Farrux Ergashev
61 MF image UZB Dilshod Rahmonov
64 MF image UZB Diyor Rahmatullayev
75 FW image UZB Kamronbek Omonov
96 FW image UZB Avazbek Ahrorov

U21

2023-yil 12-dekabr holatiga

Eslatma: bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoani koʻrsatadi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin. Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
12 GK image UZB Dilruh Aliyev
35 GK image UZB Samandar Murodboyev
1 GK image UZB Samandarbek Joʻrabekov
99 GK image UZB Vladimir Vagin
3 GK image UZB Akbar Abdurasulov
70 GK image UZB Alisher Xayrullayev
2 GK image UZB Arslonbek Bahromov
5 GK image UZB Behruz Misiraliyev
15 GK image UZB Dilshod Raxmanov
13 GK image UZB Kamronjon Murodov
26 GK image UZB Mirkomil Abdurazzoqov
5 GK image UZB Muhammadbobur Moʻydinov
67 GK image UZB Murodjon Erkinov
24 GK image UZB Roʻziboy Fayzullayev
72 GK image UZB Samirjon Rabbimov
37 GK image UZB Shohruxxon Noʻmonov
2 GK image UZB Ulugʻbek Xoliqov
32 GK image UZB Zafarbek Rahimjonov
47 MF image UZB Abduvohid Oxtoyev
44 MF image UZB Asrorbek Otaxonov
R. Poz. Millati Futbolchi
73 MF image UZB Azizbek Anvarov
10 MF image UZB Bektemir Abdumannonov
20 MF image UZB Daler Sharipov
40 MF image UZB Dilshod Pirimqulov
29 MF image UZB Diyorbek Toirov
60 MF image UZB Dovrugʻbek Abdugʻaniyev
49 MF image UZB Firdavs Hamidullayev
21 MF image UZB Muhammadaziz Ibrohimov
51 MF image UZB Muhammadyusuf Orifjonov
28 MF image UZB Nosirjon Abdusalomov
79 MF image UZB Otabek Ikromov
19 MF image UZB Ravshan Xayrullayev
15 MF image UZB Rian Islomov
43 MF image UZB Ruslan Mangold
18 MF image UZB Sarvar Abduhamidov
77 FW image UZB Asilbek Qayumov
41 FW image UZB Behruz Abdullayev
42 FW image UZB Ibrohim Ergashaliyev
27 FW image UZB Ravshanbek Abdumannonov
21 FW image UZB Xumoyunmirzo Zaylidinov

Klub xodimlari

Boshqaruv

  • Qahramon Nurmatov – Klub Prezidenti

Murabbiylar shtabi

  • Ilyos Qurbonov – Bosh murabbiy
  • – Yordamchi Murabbiy
  • – Yordamchi Murabbiy
  • Nozimjon Esanov – Yordamchi Murabbiy
  • Pavel Sinelnikov – Darvozabonlar murabbiyi

Klub tarixida iz qoldirganlar

Mashhur futbolchilar

  • Andrey Miklyayev
  • Murod Aliyev
  • Vyacheslav Ponomaryov
  • Dilmurod Karimov
  • Ivan Nagayev
  • Aleksandr Kovalyov
  • Kamoliddin Murzoyev
  • Murod Zuxurov
  • Oleg Belyakov
  • Sardor Qobuljonov
  • Ulugʻbek Roʻzimov
  • Farxod Yoʻldoshev
  • Aleksandr Mochinov
  • Sergey Lebedev
  • Shahzodbek Nurmatov
  • Aleksey Jdanov
  • Igor Volkov
  • Sergey Lushan
  • Alisher Toʻychiyev
  • Bojan Kaljević

Boshqaruv tarixi

Davr Bosh murabbiy
1945—1997 Aniq maʼlumotlar yoʻq
1998—1999 image Sergey Dotsenko
1999—1999 image Yakov Kaprov
1999—2000 image Usmon Asqaraliyev
2000—2001 image Valeriy Lyotkin
2001—2002 image Usmon Asqaraliyev
2002—2003 image Rustam Mirsodiqov
2003—2004 image Valeriy Lyotkin
2004—2004 image Usmon Asqaraliyev
2004—2006 image Eldor Sakayev
2006 image Shamil Talipov
2006—2007 image Eldor Sakayev
2007 image Shamil Talipov
2007—2008 image Valeriy Lyotkin
2008—2017 image Rustam Mirsodiqov
2018—2021 image Andrey Shipilov
2021 image Jasur Abduraimov
2022—2023 image Luisma Hernández
2023—2024 image Vesco Stesevic
2024 image Ilyos Qurbonov (vaqticnha)
2024 image Grigoriy Kolosovskiy
2024 image Ilyos Qurbonov (vaqticnha)

Manbalar

  1. „Metallurg Stadium“ (ruscha). FC Metallurg.
  2. „Metallurg stadioni“ (ruscha). Rambler News (9-avgust 2012-yil). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-sentabr 2022-yil.
  3. „Metallurg – Pakhtakor, 04.08.12“. soccerway (4-avgust 2012-yil).
  4. rsssf.com: http://www.rsssf.com/tableso/oezcuphist.html
  5. „Metallurg jamoasi tarkibi“. UzPFL sayti. 2024-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-fevral 2024.
  6. „Metallurg Bekobod U19“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi.[sayt ishlamaydi]
  7. „Dilruh Aliyev“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-dekabr.
  8. „Samandar Murodboyev“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-dekabr.
  9. „Samandarbek Jo'rabekov“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-dekabr.
  10. „Vladimir Vagin“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-dekabr.
  11. „Akbar Abdurasulov“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-dekabr.
  12. „Alisher Xayrullayev“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-dekabr.
  13. „Arslonbek Bahromov“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-dekabr.
  14. „Behruz Misiraliyev“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi.[sayt ishlamaydi]
  15. „Dilshod Raxmanov“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi.[sayt ishlamaydi]
  16. „Kamronjon Murodov“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-dekabr.
  17. „Mirkomil Abdurazzoqov“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-dekabr.
  18. „Muhammadbobur Mo'ydinov“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-dekabr.
  19. „Murodjon Erkinov“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-dekabr.
  20. „Ro'ziboy Fayzullayev“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-dekabr.
  21. „Samirjon Rabbimov“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi.[sayt ishlamaydi]
  22. „Shohruxxon Noʻmonov“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-dekabr.
  23. „Ulug'bek Xoliqov“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-dekabr.
  24. „Zafarbek Rahimjonov“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-dekabr.
  25. „Abduvohid Oxtoyev“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-dekabr.
  26. „Asrorbek Otaxonov“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi.[sayt ishlamaydi]
  27. „Azizbek Anvarov“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-dekabr.
  28. „Bektemir Abdumannonov“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-dekabr.
  29. „Daler Sharipov“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi.[sayt ishlamaydi]
  30. „Dilshod Pirimqulov“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi.[sayt ishlamaydi]
  31. „Diyorbek Toirov“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi.[sayt ishlamaydi]
  32. „Dovrug'bek Abdug'aniyev“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-dekabr.
  33. „Firdavs Hamidullayev“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-dekabr.
  34. „Muhammadaziz Ibrohimov“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-dekabr.
  35. „Muhammadyusuf Orifjonov“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-dekabr.
  36. „Nosirjon Abdusalomov“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-dekabr.
  37. „Otabek Ikromov“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi.[sayt ishlamaydi]
  38. „Ravshan Xayrullayev“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi.[sayt ishlamaydi]
  39. „Rian Islomov“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-dekabr.
  40. „Ruslan Mangold“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-dekabr.
  41. „Sarvar Abduhamidov“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-dekabr.
  42. „Asilbek Qayumov“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-dekabr.
  43. „Behruz Abdullayev“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-dekabr.
  44. „Ibrohim Ergashaliyev“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi.[sayt ishlamaydi]
  45. „Ravshanbek Abdumannonov“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-dekabr.
  46. „Xumoyunmirzo Zaylidinov“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-dekabr.
  47. „"Луисма Эрнандеснинг кетиши натижага боғлиқ эмас, номзодлар орасида хорижлик мураббий фаворит бўлиб турибди" — "Металлург" бош директори“. 2023-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-aprel.

Havolalar

  • Metallurg Bekobod Telegram sahifasi
  • Metallurg Bekobod Rasmiy veb sahifasi
  • Metallurg Bekobod Soccerwayda klub sahifasi
  • Metallurg Bekobod (Wayback Machine saytida 2018-08-02 sanasida arxivlangan) OʻzPFL rasmiy saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Metallurg Bekobod haqida, Metallurg Bekobod nima? Metallurg Bekobod nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan