Toʻxtamurod Joʻrayev
Toʻxtamurod Joʻrayevich Joʻrayev (1934.25.10, Toshkent — 2009.14.09, Toshkent) — matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1989), Oʻzbekistonda xizmtg koʻrsatgan fan arbobi (1991), fizika-matematika fanlari doktori (1972), professor (1973). Toshkent Davlat Universiteti ni tugatgan (1958), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika pa inshootlarni n g seysmik mustahkamligi instituti direktori (1974-85), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika institutida direktor (1985—92 va 1997-yildan), Toshkent Davlat Universiteti rektori (1992— 95), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti (1995— 2000). Ilmiy ishlari xususiy hosilali differensial tenglamalar va chegaraviy qatlam nazariyasiga oid. Uning aralash va aralash-qoʻshma tipli tenglamalarga oid ishlarida yangi chegaraviy masalalar oʻrganilib, muhim na-tijalar olingan; matematik fizikada muhim tatbiklarga ega boʻlgan chegara-viy qatlam nazariyasiga oid ishlarining axdmiyati katta. J. bir qancha xalqaro akademiyalar va xalqaro jamiyatlar aʼzosi. Koʻp jildli (1-, 2-j., T., 1999) "Oliy matematika asoslari" darsligi hammuallifi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi (1992— 95), 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1974). "Doʻstlik" (1996), "Mehnat shuhrati" (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.
Manbalar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Krayevie zadachi dlya uravneniy smeshannogo i smeshanno-sostavnogo tipov, T., 1979.
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Toʻxtamurod Joʻrayev haqida, Toʻxtamurod Joʻrayev nima? Toʻxtamurod Joʻrayev nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!