Rustam Joʻrayev

Rustam Mirzayevich Joʻrayev (1968-yil 26-iyulda Toshkent shahrida tavallud topgan) – o'zbekistonlik yurist va davlat arbobi, 2020-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni, general-mayor.

Jo'rayev Rustam Mirzayevich
image
image
 Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo'mondoni
image
 
Mansab davri
2020-yil 16-martdan
Oʻtmishdoshi Bahodir Toshmatov
image
 Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi
image
 
Mansab davri
13-fevral 2018-yil – 16-mart 2020-yil
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Bahodir Qurbonov
Vorisi Aziz Toshpoʻlatov
image
 Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri
image
 
Mansab davri
2017-yildan – 2018-yilgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Tursinxon Xudayberganov
Vorisi Tursinxon Xudayberganov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 26-iyul 1968-yil (1968-07-26) (57 yosh)
Toshkent
Mukofotlari image
Unvoni General-mayor

Tarjimai hol

1968-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan.

1986—1988-yillarda muddatli harbiy xizmatni oʻtagan.

Oliy maʼlumotli, 1994-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

Xizmat faoliyatini 1989-yilning aprel oyida jinoyat-qidiruv boʻlimining kichik inspektori lavozimidan boshlagan.

1994-yildan 2003-yilga qadar Toshkent shahar Yunusobod tumani IIBda tergovchi, katta tergovchi boʻlib ishlagan.

2003—2008-yillar. – Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv va Tergov Bosh boshqarmalarida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

2008—2012-yillar. – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida inspektor, yetakchi inspektor, bosh inspektor lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2012—2015-yillar. – Toshkent shahar IIBB boshligʻining oʻrinbosari – Tergov boshqarmasi boshligʻi.

2015-yil. fevral-oktyabr oylarida – Namangan viloyati IIB boshligʻi.

2015—2017-yillar. – Xorazm viloyati IIB boshligʻi.

2017—2018-yillar. – Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri.

2018—2020-yillar. – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari – Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16 martdagi Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni etib tayinlangan.

2020-yil 11-sentyabrda Oʻzbekiston huquqni muhozafa qiluvchi organlar qoʻl jangi federasiyasi raisi etib saylandi.

2021-yil 27-sentyabrda Kamondan otish federasiyasi raisi etib saylandi.

2018-yil 14-fevral kuni general-mayor unvoni berilgan.

Idoraviy mukofotlarga ega.

Manbalar

  1. Bahodir Toshmatov lavozimini tark etdi
  2. „Vazir Toshkent IIBBning yangi rahbari bo‘ldi“. kun.uz (2018-yil 13-fevral). Qaraldi: 12-oktyabr.
  3. Rustam Joʻrayev Milliy gvardiya qoʻmondoni boʻldi
  4. Rahbariyat
  5. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi rahbariyati
  6. https://www.gazeta.uz/ru/2015/02/25/mvd/
  7. Oʻzbekiston FVVga yangi rahbar tayinlandi
  8. Rustam Joʻrayev Toshkent shahar IIBB boshligʻi etib tayinlandi

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Rustam Joʻrayev haqida, Rustam Joʻrayev nima? Rustam Joʻrayev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan