Gavhar Rahimova

Vikipediyada ismi Gavhar va familiyasi Rahimova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Gavhar Artyomovna Petrosyan Rahimova (1911-yil 7-noyabr, Margʻilon – 2003-yil 18-fevral, Toshkent) – raqqosa, baletmeyster. O‘zbekiston SSR xalq artisti (1965). Tamaraxonimning singlisi. 1924—1927-yillar Margʻilondagi bolalar uyida tarbiyalangan va u yerda Usta Olim Komilov rahbarligidagi dutorchi qizlar toʻgaragiga qatnashib, Tamaraxonimdan raqs asoslarini oʻzlashtirgan. Qoʻqon (1927—1928), Samarqand (1928—1930, 1933—1937), Andijon (1930—1933), oʻzbek harbiy teatrlarida aktrisa, raqqosa va baletmeyster. Mohinbonu („Farhod va Shirin“), Xoljon xola (F. Zafariy, „Halima“), Zebo („Arshin mol olon“) kabi obrazlar yaratgan. 1937—1939-yillar Oʻzbek Davlat musiqali teatrida yakkaxon raqqosa. Oʻzbek davlat filarmoniyasida xotin-qiz dutorchilar ansamblida (1939—1940), Xorazm garmonchilar ansamblida (1940—1941), Oʻzbek davlat xotin-qizlar front ansamblida (1941—1945), Oʻzbek davlat filarmoniyasi va estradasida (1945—1968) raqqosa, baletmeyster, badiiy rahbar. „Lazgi“ ansamblini tashkil etgan va unga 1982-yilgacha rahbarlik qilgan. 1983-yildan oʻzi qayta tashkil qilgan Zebo Gʻaniyeva nomidagi konsertfront sayyor brigadasining rahbari boʻlgan. Rahimova ijod etgan „Ufori soxta“, „Buxorocha“, „Uygʻurcha“, „Ozarbayjoncha“, „Andijon samosi“, „Usmoniya“, „Gul oʻyin“ kabi va „Katta oʻyin“ (Usta Olim Komilov bilan hamkorlikda), „Ufori soxta“, „Oʻzbekiston qizlari“, „Jayxun misoli lazgi“, „Koʻzim qarosi“, „Lazgi salomi“ singari raqslari bilan oʻzbek raqsi rivojiga munosib hissa qoʻshgan. „El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan (1999).

Gavhar Rahimova
Tavalludi 7-noyabr 1911-yil
Margʻilon
Vafoti 18-fevral 2003-yil(2003-02-18)
(91 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari image image

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Gavhar Rahimova haqida, Gavhar Rahimova nima? Gavhar Rahimova nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan