Gavhar Zokirova
- Vikipediyada ismi Gavhar va familiyasi Zokirova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Gavhar Zokirova (1949-yil 10-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik aktrisa. Oʻzbekiston xalq artisti.
| Gavhar Zokirova | |
|---|---|
| Tavalludi | Zokirova Gavhar Akmalovna 10-sentyabr 1949-yil Toshkent |
| Fuqaroligi | Oʻzbek |
| Kasbi | Aktrisa |
| Filmlari |
|
| Turmush oʻrtogʻi | Jamshid Zokirov |
| Mukofotlari | |
Biografiyasi
Gavhar Zokirova 1949-yilda Toshkent viloyatining Toʻytepa tumanida tugʻilgan. Gavhar Zokirovaning otasi harbiylik kasbida faoliyat yuritgan boʻlsa, onasi shu vaqtaning oʻzidan injinerlik sohasida faoliyat olib borgan. Gavhar Zokirova oilada bir nafar oʻgʻildan keyinqi qiz farzand hisoblanadi. Oʻrta maktabni tugatgach,Toshkentdagi Politexnika oʻqishga kiradi, lekin Gavhar Zokirovaning sanʼatga boʻlgan qiziqishi oʻqishni Toshkent davlat teatr va rassomlik institutidavom ettirishga undaydi. Bu Oliygohni 1971-yilda tugatgan. 1971-yildan hozirgacha Hamza nomidagi Oʻzbek Davlat akademik drama teatri aktrisasi.
Oila
Gavhar Zokirova boʻlajak turmush oʻrtogʻi mahoratli aktyor Jamshid Zokirov bilan birga sanʼat institutida birga tahsil olishgan. 1971-yilda aktyor Jamshid Zokirov bilan oila qurishadi. Bu juftlikdan bir nafar oʻgʻil: mahoratli aktyor va rejjisor Javohir Zokirov va saʼnatshunos Ohista Zokirova dunyoga kelgan. Ammo oilaning baxtiga 2012-yilda putur yetdi: Jamshid Zokirov uzoq vaqt saraton bilan kurashdan soʻng 63 yoshida hayotdan koʻz yumdi.
Ajdodlari
Gavhar Zokirovaning ona tomonidan bobosi Abdulla Avloniydir.
Filmlar
| Yil | Nomi | Rol |
|---|---|---|
| 1978 | "Toʻylar muborak" | Nigora |
| 1986 | "Olmos kamar" | |
| 1986 | "Bolalik bekatidagi poyezd" | Dorixonachi |
| 1988 | "Tepalik" | |
| 1990 | "Tangalik bolalar" | Teatr aktrisasi |
| 1991 | "Temir erkak" | Gavhar |
| 1991 | "Jungli qonuni boʻyicha" | Hamshira |
| 2004 | "Sarvinoz" | Ofat opa |
| 2004 | "Sevinch" | Doniyorning onasi |
| 2005 | "Sarvinoz 2: (Baxt uchun million) | Ofat opa |
| 2012-2014 | "A u nas vo dvore…" | Movludaning onasi |
| 2015 | "Mehmonxona" | Mavjuda |
| 2017 | "Kulba" |
Bundan tashqari, Gavhar Zokirova atoqli yozuvchi Tohir Malik qalamiga mansub „Shaytanat“ asari asosoida film suratga olinganda turmush oʻrtogʻi Jamshid Zokirov bilan juftlik hosil qilib, rol ijro etishgan.
Yutuqlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artisti 1988-yil
- Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR davlat mukofoti 1989-yil
- Oʻzbekiston xalq artisti 2016-yil
- Buyuk xizmatlari uchun ordeni 2019-yil
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni 2020-yil
Manbalar
- https://www.bbc.com/uzbek/lotin/2013/10/131011_latin_talking_point_gavhar_zokirova
- https://uz.sputniknews.ru/20171231/Gavhar-zakirova-pozdravila-vseh-s-prazdnikom-7193392.html
- https://www.kino-teatr.ru/kino/acter/246516/
- https://www.savol-javob.com/ru/%D1%81%D0%B5%D0%BC%D1%8C%D1%8F-%D1%84%D0%BE%D1%82%D0%BE-%D0%B2-instagram-%D0%BE-gavhar-zokirova/[sayt ishlamaydi]
- „arxiv nusxasi“. 2022-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-iyun.
- https://upl.uz/misli/7727-news.html
- https://darakchi.uz/oz/132696
Havolalar
- Oʻzbekiston milliy akademik drama teatri[sayt ishlamaydi]
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Gavhar Zokirova haqida, Gavhar Zokirova nima? Gavhar Zokirova nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!