Abduhamidullo Rasulov
Abduhamidullo Rasulov (1976-yil 10-yanvar, Toshkent) – oʻzbekistonlik sobiq futbol hakami. Abduhamidullo ikkita jahon chempionatida qanot hakami sifatida ishlagan, Osiyoning ikki karra eng yaxshi laynsmeni (2011, 2012) sifatida tanilgan.
Abduhamidullo Rasulov | |
---|---|
Abduhamidullo Rasulov | |
Tavalludi | 10-yanvar 1976-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | Futbol Hakami |
Faoliyat yillari | 2003—2022 |
Mukofotlari | ![]() |
Faoliyati
Abduhamidullo Rasulov 1976-yil 10-yanvarda Oʻzbekiston SSR poytaxti Toshkent shahrida tugʻilgan.
2000-yillarning boshidan u futbol uchrashuvlarida hakamlik qilishni boshlagan. 2005-yildan boshlab xalqaro darajadagi oʻyinlarda bosh hakam yordamchisi sifatida faoliyat olib bora boshlagan. 2011-yilda Ravshan Ermatov brigadasi bilan 2011-yilgi Osiyo kubogi bahslarida ishtirok etgan. 2013-yilda xuddi shu jamoa bilan Konfederatsiyalar kubogi bahslarida hakamlik qilgan. 2014-yilning yozida ham Ravshan Ermatov brigadasi bilan Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatining toʻrtta oʻyinida qatnashgan. 2015-yilda Abduhamidullo Rasulov Osiyo Kubogi-2015 hamda Osiyo Kubogi-2019 musobaqalarida bosh hakam yordamchilari roʻyxatiga kiritilgan edi. 2018-yilgi jahon chempionatida ham Ravshan Ermatov jamoasi azosi edi.
Yutuqlari
Ketma-ket ikki marta, 2011 va 2012-yillarda Osiyoning eng yaxshi qanot hakami deb topildi.
Manbalar
- „Abduxamidullo RASULOV“ (deadlink). fifa.com (2014-yil 12-mart). 2016-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-oktyabr.
- „AFC Assistant Referee of the Year (Men): Abdukhamidullo Rasulov (Uzbekistan)“ (deadlink). the-afc.com (2012-yil 29-noyabr). 2014-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-oktyabr.
- Abduxamidullo Rasulov vnov priznan luchshim lineynim arbitrom Azii[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
Havolalar
FIFA veb-saytidagi profil 2016-yil 31-mart kuni (Wayback Machine saytida 2016-03-31 sanasida arxivlangan)
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Abduhamidullo Rasulov haqida, Abduhamidullo Rasulov nima? Abduhamidullo Rasulov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!