Ravshan Ermatov

Ravshan Sayfiddinovich Ermatov – oʻzbekistonlik futbolchi va professional futbol hakami.

Ravshan Sayfiddin oʻgʻli Ermatov
Равшан Сайфиддинович Эрматов
image
Tavalludi 9-avgust 1977-yil (1977-08-09) (48 yosh)
image Sovet Ittifoqi SSSR, Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Otasi Sayfiddin Ermatov
Mukofotlari image image image image

2000-yildan 2019-yilgacha Oʻzbekiston futbol ligasi tizimida va 2003-yildan 2019-yilgacha xalqaro miqyosda ishlagan.

Futbol boʻyicha jahon kubogining oʻyinlarini 11 marta boshqargan.

2019-yildan buyon Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari.

Hayoti

Bolaligi va futbol

Ravshan Ermatov 1977-yil 9-avgust kuni Toshkent viloyati Gʻazalkent shahrida tavallud topgan.

7 yoshidan futbol maktabiga borgan, keyinchalik Toshkent viloyatining „Gʻazalkent“ futbol klubida toʻp tepgan. Ogʻir jarohat tufayli futbolchilik faolyatiga yakun yasagan.

Hakamlik faoliyati

1996-yildan Oʻzbekiston Birinchi ligasi, 2000-yildan Oʻzbekiston Oliy Ligasi oʻyinlarida hakamlik qilgan. 2016-yilgi Qozogʻiston Superkubogi, 2013—2014-yilgi Hindiston Superligasini boshqargan.

2003-yilda FIFA tomonidan xalqaro hakamlikka tayinlangan.

Osiyo chempionlar ligasining 2006—2007-yilgi mavsumida Urawa Reds – Sepahan, 2010—2011-yilgi mavsumida Jeonbuk Hyundai Motors – Al‑Sadd, 2012—2013-yilgi mavsumida Seoul – Guangzhou Evergrande, 2014—2015-yilgi mavsumida Guangzhou Evergrande – Al‑Ahli, 2016—2017-yilgi mavsumda Urawa Reds – Al‑Hilal SFC klublari oʻrtasidagi oʻyinlarni boshqardi.

Kanadada oʻtkazilgan 2007-yilgi U-20 jahon chempionatida Gambiya – Meksika hamda Chili – Kongo oʻyinlarni boshqargan. 2008-yilgi Klublararo jahon chempionatida ishlagan va ushbu musobaqa finalini ham boshqargan. 2012-yilgi Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida Santos – Barcelona oʻyinida ishlagan.

2010-yilda Janubiy Afrika Respublikasida boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha 2010-yilgi jahon chempionatida Janubiy Afrika Respublikasi va Meksika jamoalari ochilish oʻyinida hakamlik qildi. Butun musobaqa davomida Angliya – Jazoir, Argentina – Gretsiya, chorak finalda Argentina – Olmoniya, yarim finalda Niderlandiya – Urugvay oʻyinlarini boshqardi.

2011-yilgi Osiyo chempionlar ligasi finalini boshqargan.

2012-yilgi Londondagi Olimpiya oʻyinlarida 3 ta oʻyin, shu jumladan 3-oʻrin uchun bahsni boshqargan.

2013-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogida Italiya – Braziliya oʻyinini boshqargan va xato penalti belgilagan.

2014-yilgi jahon chempionatining 4ta oʻyinida ishlagan.

2018-yilda Ravshan Ermatov Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionati guruh bosqichining ikkita oʻyinida ishladi: Argentina – Xorvatiya va Ispaniya – Marokash. Qolgan oʻyinlarda yordamchisi Abduhamidullo Rasulovning jarohati tufayli ishlay olmadi.

Boshqaruvdagi faoliyati

2019-yil 15-iyunda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimi joriy etildi va Ravshan Ermatov ushbu lavozimga tayinlandi.

2020-yil 8-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi va 2022-yil dekabrgacha ushbu lavozimda ishladi.

2023-yilda Ermatov Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ijroiya qoʻmitasining markaziy zona vakili etib saylangan.

2021-yildan 2024-yilgacha Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

Mukofotlari

Ravshan Ermatov 2008, 2009, 2010 va 2011-yillarda „Osiyoning eng yaxshi hakami“ deb baholangan. Bu nominatsiyada ketma-ket toʻrt marotaba gʻolib boʻlgan qitʼadagi yagona futbol hakamidir.

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi tomonidan 2011-yilda jahonning eng yaxshi hakami deb eʼtirof etilgan.

2010-yilda Oʻzbekiston iftixori unvoni berildi.

2014-yil 25-iyunda El-yurt hurmati ordeni bilan taqdirlanadi.

2018-yilda Buyuk xizmatlari uchun ordeni berildi.

Guinness rekordlar kitobiga „Jahon chempionatlarini eng koʻp boshqargan hakam“ sifatida kiritilgan.

2025-yil 6-iyunda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar

  1. „Ravshan Irmatov to officiate opening match of 2010 FIFA World Cup South Africa“. Uzdaily.com (28-oktabr 2009-yil). 2-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyun 2010-yil.
  2. image RAVSHAN ERMATOV BILAN PROFESSIONAL FAOLIYATI HAQIDA SUHBAT YouTubeda
  3. „Ravshan Irmatov appointed for 2010 FIFA World Cup“. the-afc.com.
  4. Referee admits mistake in Italy vs. Brazil match
  5. „Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi Braziliyaga yoʻl oldi“. 6-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyun 2014-yil.
  6. „Равшан Ирматов завершил работу на ЧМ-2018“.
  7. „Равшан Эрматов вазир ўринбосари бўлди“.
  8. „IFFHS талқини бўйича энг яхши ҳакамлар рейтинги эълон қилинди. Эрматов топ-25'да қайд этилди“. 2023-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-mart 2023-yil.
  9. „Бугун ОФКнинг 33-Конгресси бўлиб ўтади. Равшан Эрматов ОФК Ижроия қўмитаси аъзосига айланади“. 2023-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-mart.
  10. „Равшан Эрматов МОҚ биринчи вице-президенти лавозимига сайланди“.
  11. „Ravshan Ermatov - rahbarlik faoliyati, tanqidlar va hakamlar imiji haqida“.
  12. „Шавкат Мирзиёев возглавил НОК Узбекистана, Отабек Умаров стал первым заместителем“.
  13. „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-iyundagi „Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“gi farmoni“. president.uz (2025-yil 6-iyun). 2025-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 6-iyun.

Havolalar

  • FIFA profili (Wayback Machine saytida 6-iyul 2010-yil sanasida arxivlangan)
  • Ravshan Ermatovni baholang (Wayback Machine saytida 25-iyun 2010-yil sanasida arxivlangan)
  • Ravshan Ermatov, Mail.ru
  • Ravshan Ermatovning hayotiy aqidalari (Wayback Machine saytida 14-iyul 2014-yil sanasida arxivlangan)

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ravshan Ermatov haqida, Ravshan Ermatov nima? Ravshan Ermatov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan