Sodiqjon Abdurasulov
Sodiqjon Abdurasulov (1937.9.5, Shahrixon tumani) – Oʻzbekiston Qahramoni (1996). Oʻrta maktabni tamomlab, mehnat faoliyatini Shahrixon tumanidagi „Oltin vodiy“ jamoa xoʻjaligida shofyorlikdan boshlagan (1955-65), shu xoʻjalikda paxtachilik (1965-93), 1993-yildan gʻallachilik brigadasiga boshliq boʻlgan. Abdurasulov rahbarlik qilgan brigada uzoq yillar davomida paxtachilik va donchilikda yuqori koʻrsatkichlarga erishdi (paxtadan 22-45 s/ga; gʻalladan 1995-yilda 55 s/ga, 1997-yilda 70 s/ga). Abdurasulov Andijon viloyatida boshqa mintaqalardan keltirilgan yangi bugʻdoy navlarini sinash va ulardan moʻl hosil olish boʻyicha tajriba maktabi yaratdi.
Manbalar
| ]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Oʻzbekiston qahramonlari
- 1937-yilda tugʻilganlar
- 9-mayda tugʻilganlar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Sodiqjon Abdurasulov haqida, Sodiqjon Abdurasulov nima? Sodiqjon Abdurasulov nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!