Saʼdulla Karomatov
Saʼdulla Muzaffarovich Karomatov (1928-yil 14-iyul, Buxoro — 1987-yil 21-avgust, Toshkent) — jurnalist, yozuvchi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1978).
Saʼdulla Karomatov | |
---|---|
Tavalludi | 14-iyul 1928-yil Buxoro, Oʻzbekiston |
Vafoti | 21-avgust 1987-yil (59 yoshda) |
Fuqaroligi | ![]() |
Yoʻnalish | Nasr |
Janr | ilmiy-ommabop asarlar |
Shoh asari | „Oltin qum“ |
Mukofotlari | Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi |
Faoliyati
Toshkent universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1949). Oʻzbekiston radioeshittirish qoʻmitasida xodim (1949—1951), „Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasida adabiy xodim, boʻlim mudiri (1954—1957), „Oʻzbekiston madaniyati“ (1957—1959), „Sovet Oʻzbekistoni“ (1959—1966) gazetalarida masʼul kotib, „Toshkent oqshomi“ — „Vecherniy Tashkent“ gazetalarining bosh muharriri (1966—1982), Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi kotibi (1982—1985).
Asarlari
1963-yilda esa uning birinchi yirik nasriy asari — „Tog‘lar tabassumi“ hujjatli qissasi maydonga kelgan. So‘ng „Amuning zar kokillari“ (1964), „Go‘zallik ramzi“ (1965), „Kumush kamar“(1964) singari ocherklar to‘plamlari bosmadan chiqqan. Shundan so‘ng u mohir hikoyanavis va qissanavis sifatida qalam tebratgan. Bir muhabbat fojiasiga bagʻishlangan „Bir tomchi qon“ (1968), ikkinchi jahon urushidan keyingi hayot mashaqqatlari haqidagi „Eʼtiqod“ (1970) kabi qissalarini yaratgan. U so‘nggi yillarda geologlar hayotidan olib yozilgan „Oltin qum“ va cho‘llarni o‘zlashtirayotganlarga bag‘ishlangan „So‘nggi barxan“ romanlarini yaratgan.
Tarjima asarlari
Saʼdulla Karomatov Jyul Vernning „Suv ostida 80000 kilometr“ yoki "Dengizlar ostida 20000 lye", turkman yozuvchisi Qilich Quliyevning „Qora karvon“ romanlarini, eron yozuvchilarining hikoyalar to‘plamini, tojik yozuvchisi Yusuf Akobirovning „Tegirmon to‘xtagach“ qissasini, Vadim Kojevnikovning „Peshin chogi kungay tomonda“ romanini o‘zbek tiliga o‘girgan.
Unvonlari
Saʼdulla Karomatovga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni berilgan.
Manbalar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/sadulla-karomatov
- "O'zbek adiblari" Miraliyev S. Toshkent, 2016-yil
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Saʼdulla Karomatov haqida, Saʼdulla Karomatov nima? Saʼdulla Karomatov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!