Gilzoyi hokimligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gilzoyi hokimligi - afgʻonlarning safaviylar hukmronligiga qarshi koʻtargan qoʻzgʻoloni natijasida Qandahor viloyati (Afgʻoniston)da 1709 y. tashkil topgan hokimlik. Gilzoyi hokimligi ning asosiy harbiy tayanchini gilzoyi qabilasining gʻarbiy tarmogʻi tashkil qilgan. Qoʻzgʻolon rahbari Mir Vays Xotakiy gilzoyi hokimligining dastlabki hokimi (1709—15) boʻlgan. Uning vafotidan soʻng gilzoyilarning bir qismi Eronning bir qancha viloyatlariga hujumlar uyushtirib, 1722 y. Mahmud Xotakiy boshchiligida safaviylar poytaxti — Isfahonni bosib olgan va Maxmud oʻzini shoh deb eʼlon qilgan. Qandahorda esa shoh unvonini olgan Mir Vaysning kenja oʻgʻli Husayn hokim (1721—38) edi. Uning hukmronligi davrida G.h. bir muncha xoʻjalik va madaniy yuksalishga erishgan. 1738 y. uzoq muddatli qattiq qarshilikdan soʻng Qandahor Eron shohi Nodir Afshar (qarang Nodirshoh) tomonidan egallangan va G.h. barham topgan.

Adabiyotlar

| ]
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Gilzoyi hokimligi haqida, Gilzoyi hokimligi nima? Gilzoyi hokimligi nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan