Ijodiy hamkorlik
Ijodiy hamkorlik – ikki va undan ortik, ijodkorning birgalikdagi ijodiy mehnati. Ijtimoiiy hayotga munosabati, hayotiy tajribasi, maslak va matlabi, eʼtiqodi, tili, estetik gʻoyalari, ijodiy uslubi yoki yoʻnalishi bir-biriga yaqin ijodkorlar muayyan asarni birga yaratishi mumkin. Mas, badiiy ijodda: Chingiz Aytmatov bilan qozoq shoiri Muxtor Shoxonov hamkorlikda yaratgan „Choʻqqida qolgan ovchining ohi zori“ badiiy-publitsistik asar I.h.ning yorqin na-munasidir. 19-asrda yashab oʻtgan fransuz yozuvchilari aka-uka E. va J.de Gonkurlarning bir umr davom etgan ijodiy hamkorligi jahon adabiyotidagi noyob hodisadir. Teatr sohasida: rejissyor Bahodir Yoʻldoshevning „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ (Sayd Ahmad pyesasi), „Iskandar“ (Sh. Rizayev pyesasi) rassom G. Brim bilan I.h. natijasida yaratilgan. Bundan tashqari, tasviriy sanʼat („Amir Temur haykali“, B. Usmonov, F. Ashrafiy, I. Jabbor), qoʻshiqchilik („Oʻzbekiston madhiyasi“ A. Oripov sheʼri, M. Burhonov mu-siqasi) sohalarida I.h. namunalari bor.
Manbalar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ijodiy hamkorlik haqida, Ijodiy hamkorlik nima? Ijodiy hamkorlik nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!