Mansur Ravshanov
Mansur Temirovich Ravshanov (1937-yil 7-aprel, Qarshi, OʻzSSR – 2025-yil 11-aprel) – aktyor, rejissor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983).
Mansur Ravshanov | |
---|---|
Tavalludi | Mansur Temirovich Ravshanov 7-aprel 1937-yil Qarshi, OʻzSSR |
Fuqaroligi | ![]() ![]() |
Kasbi | Aktyor, rejissyor |
Mukofotlari | ![]() |
Hayoti
Mansur Ravshanov 1937-yil 7-aprelda Qarshida tugʻilgan. 1961-yili Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan. 1963-1974-yillarda Surxondaryo teatrida avval aktyor, keyinchalik rejissor, bosh rejissor faoliyatini olib borgan. 1974–1975 yillar Qashqadaryo teatrida bosh rejissor „Alpomish“ (S. Abdulla; T. Jalilov), „Boy ila xizmatchi“, „Maysaraning ishi“, „Jononga bordim bir kecha“ (Hamza), „Alisher Navoiy“ (I. Sulton, Uygʻun), „Parvona“ (Uygʻun), „Nurxon“ (Komil Yashin), „Ajab savdolar“ (H. Gʻulom; Manas Leviyev), „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ (S. Ahmad), „Oʻz arizasiga koʻra“ (Oʻlmas Umarbekov), „Makr va muhabbat“ (Friedrich Shiller), „Momo yer“, „Oq kema“ (Ch. Aytmatov), „Kelin va kuyov“ (M. Bayjiyev), „Amir Temur va Yildirim Boyazid“ (K. Abdunabiyev), „Alpomishning qaytishi“ (U. Azim) kabi spektakllarni sahnalashtirgan.
Mansur Ravshanov 2025-yil 11-aprelda 88 yoshida vafot etgan.
Manbalar
-
„Mansur Ravshanov“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (M-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
- „Ушел из жизни узбекский режиссер Мансур Равшанов“. Humodoc.com (2025-yil 11-aprel). Qaraldi: 11-aprel 2025-yil.
- „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov vafot etdi“. Oyina.uz (2025-yil 11-aprel). Qaraldi: 2025-yil 11-aprel.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Mansur Ravshanov haqida, Mansur Ravshanov nima? Mansur Ravshanov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!