Vyacheslav Ponomaryov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vyacheslav Ponomaryov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vyacheslav Sergeyevich Ponomaryov
Tavallud sanasi 2-yanvar 1978-yil (1978-01-02) (47 yosh)
Tavallud joyi Namangan, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Boʻyi 183 cm (6 ft 0 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
imageNavbaxor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1996—1998 image Navbaxor 7 (1)
1998—2000 image Doʻstlik 55 (3)
2001 image Paxtakor 18 (2)
2002 image Меtallurg Bekobod 29 (8)
2003 image Qizilqum 26 (7)
2004—2007 image Paxtakor 86 (10)
2007—2008 image Bunyodkor 18 (0)
2009—2013 image Shoʻrtan 84 (1)
2013—2014 image Neftchi (Fargʻona) 29 (0)
2015 imageBuxoro 17 (0)
Milliy terma jamoa
2000 imageOʻzbekiston 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Vyacheslav Sergeyevich Ponomaryov (ruscha: Пономарёв, Вячеслав Сергеевич; 1978-yil 2-yanvar, Namangan) – oʻzbek futbolchisi, yarimhimoyachi pozitsiyasida oʻynagan.

Faoliyati

| ]

Vyacheslav Ponomaryov Namanganning "Navbahor" jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ponomaryov professional faoliyatini 1996-yilda mazkur klub tarkibida boshlagan. Ponomaryov bir yarim mavsum "Navbahor" safida toʻp surgan va shu vaqt ichida faqat yettita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan. 1998-yil oʻrtalarida Toshkent viloyatining "Doʻstlik" jamoasiga tarkibiga oʻtgan va 2000-yilning oxirigacha shu klubda toʻp surgan. Bu vaqt ichida futbolchi "Doʻstlik" safida 55 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga erishgan.

2001-yil boshida Vyacheslav Ponomaryov Toshkentning "Paxtakor" klubi bilan shartnoma imzolagan va bir mavsumda "Paxtakor" safida 18 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. 2002-yil boshida Bekobodning "Metallurg" klubiga oʻtgan. Ushbu jamoa libosi ostida bir mavsumda 29 ta oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urgan. 2003-yil boshida Ponomaryov Zarafshonning "Qizilqum" jamoasi bilan shartnoma imzolagan va bir mavsumda 26 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urishga erishgan.

2004-yilda yana „Paxtakor“ bilan shartnoma imzolagan va "Paxtakor" safida uch yarim mavsum oʻynagan. Bu vaqt ichida u 86 ta uchrashuvda maydonga tushgan va raqib darvozasiga 10 ta gol kiritgan. 2007-yil oʻrtalarida Toshkentning boshqa bir klubi "Bunyodkor"ga oʻtib, bu jamoada bir yarim mavsum toʻp surgan. Jamoa safida 18 ta uchrashuv oʻtkazgan, biroq birorta ham gol ura olmagan.

2009-yil boshida Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasi bilan shartnoma imzolab, toʻrt yarim mavsum davomida "Shoʻrtan" safida 84 ta oʻyinda maydonga tushgan va 1 ta gol urgan. 2013-yilning ikkinchi yarmidan 2014-yilning oxirigacha Fargʻonaning "Neftchi" jamoasi sharafini himoya qilgan va jamoa safida 29 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2015-yil boshidan „Buxoro“ jamoasi futbolchisi.

Milliy terma jamoadagi faoliyati

| ]

Vyacheslav Ponomaryov Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi ilk va soʻngi oʻyinini 2000-yil 29-fevralda Moʻgʻuliston terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan. U 2010-yilda terma jamoaga chaqirilgan, biroq 2010-yilgi Jahon chempionati saralashida Livanga qarshi oʻyinda maydonga tushmagan.

Yutuqlari

| ]

"Navbahor"tarkibida

  • Oʻzbekiston chempioni: 1996-yil
  • Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 1997-yil

"Doʻstlik" safida

  • Oʻzbekiston chempioni: 1999, 2000-yillar
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2000-yil

"Paxtakor" klubida

  • Oʻzbekiston chempioni: 2004, 2005, 2006-yillar
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2001-yil
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2004, 2005, 2006-yillar

"Bunyodkor" jamoasi bilan

  • Oʻzbekiston chempioni: 2008-yil
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2007-yil
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2008-yil
  • Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2007-yil

"Shoʻrtan"safida

  • Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2010-yil

Manbalar

| ]
  1. „"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?“ (2024-yil 20-iyul).
  2. „Олий лига-2015. 41 ёшли Бугало ва қолган фахрий футболчилар“ (28 ноя 2015).
  3. „Uzbekistan International Matches - Details 2000-2009“. RSSSF. 2012-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktabr 2008-yil.
  4. „Uzbekistan seek Beirut redemption“. FIFA (29-yanvar 2008-yil). 30-yanvar 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktabr 2008-yil.

Havolalar

| ]
  • Vyacheslav Ponomaryov National-Football-Teams.com saytida
  • Vyacheslav Ponomaryov Soccerway saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Vyacheslav Ponomaryov haqida, Vyacheslav Ponomaryov nima? Vyacheslav Ponomaryov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan