Baxtiyor Hamidullayev
- Vikipediyada ismi Baxtiyor va familiyasi Hamidullayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Baxtiyor Hamidullayev (1978-yil 7-martda tugʻilgan, Andijon, SSSR (hozirgi Oʻzbekiston) — sobiq Oʻzbek futbolchisi. Hozirda „Andijon“ klubini boshqarib kelmoqda.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Bahtiyor Hamidullayev | ||
Tavallud sanasi | 7-mart 1978-yil | ||
Tavallud joyi | Andijon, O'zbekiston | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Andijon (Murabbiy) | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1997—2002 | Andijon | 96 | (80) |
2003 | Paxtakor Toshkent | 5 | (2) |
2003—2004 | Andijon | 33 | (14) |
2005 | Neftchi | 9 | (0) |
2006—2008 | Andijon | ||
2009 | Olmaliq | ||
2010—2011 | Andijon | 47 | (6) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2001 | O'zbekiston | 8 | (3) |
Boshqargan klublari | |||
2018—2019 | Andijon (yoshlar) | ||
2020- | Andijon | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (9-noyabr 2022-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (20-oktabr 2001-yil uchun) |
Faoliyati
Faoliyatining eng koʻp vaqtini „Andijon“ futbol jamoasida yuqori saviyali oʻyin koʻrsatib oʻtkazgan va „Andijon“ futbol klubida oʻsha davrda faoliyat yuritgan futbolchilar ichida zamonaviy davrdagi eng yaxshi futbolchilaridan biri deb topilgan. Hamidullayev 1999/2002 va 2006-yilgi mavsumlarda klubning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan, shuningdek, 1999-yilda 24 gol va 2002-yilda 22 gol bilan futbol boʻyicha Oʻzbekiston Ligasi toʻpurariligida yakka peshqadamlik qilgan. U Oʻzbekiston Ligasi, Kubogi va milliy terma jamoasi safida 190 dan ortiq gol urgan, Gennadiy Krasnitskiy klubining oʻzbek toʻpurarlari klubi aʼzosi. U futbolchilik faoliyatini 2011-yilda yakunlagan va oxirgi mavsumda „Andijon“ jamoasida oʻynagan.
Xalqaro
Baxtiyor Hamidullayev Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 8 ta oʻyin asosiy tarkibda maydonga tushib, 3 bora raqiblar darvozasini ishgʻol qilgan. Uning xalqaro maydondagi Terma jamoa safida ishtirok etgan oʻyinlari orasida 2001-yilda Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida boʻlib oʻtgan Merdeka turniri alohida ajralib turadi, unda Oʻzbekiston terma jamoasi birinchi marta gʻolib chiqqan edi. Hamidullayev 3 ta uchrashuvda ham asosiy tarkibda maydonga tushib 3 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan. Uning Bosniya va Gersegovinaga qarshi kechgan final bahsida qoʻshimcha vaqtda kiritgan oltin goli Oʻzbekiston terma jamoasiga 2:1 hisobida gʻalabasiga sabab boʻlib, Oʻzbekistonga chempionlikni olib kelgan.
Yutuqlari
Milliy terma jamoa
- Merdeka turniri : 2001-yil
Shaxsiy yutuqlar
- Oʻzbekiston Oliy ligasi toʻpurari (2): 1999, 2002
- Gennadiy Krasnitskiy klubi : 191 gol
Karyera statistikasi
Xalqaro
Kattalar terma jamoasi tarkibida urilgan gollar
№ | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 22.06.2001 | Kuala-Lumpur, Tailand | ![]() | 1 — 0 | 1-0 | 2001-yil Merdeka turniri |
2. | 26.06.2001 | Kuala-Lumpur, Tailand | ![]() | 1 — 0 | 2-1 | 2001-yil Merdeka turniri |
3. | 30.06.2001 | Kuala-Lumpur, Tailand | ![]() | 2 — 1 | 2-1 | 2001-yil Merdeka turniri |
Manbalar
- „arxiv nusxasi“. 18-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyul 2022-yil.
- https://www.transfermarkt.world/bakhtier-khamidullaev/profil/trainer/83465
- https://www.pfl.uz/ru/players/28[sayt ishlamaydi]
Havolalar
- Baxtiyor Hamidullayev FootballFacts.ru saytida
- Baxtiyor Hamidullayev Transfermarkt (murabbiy)
- Baxtiyor Hamidullayev Transfermarkt (futbolchi)
- Baxtiyor Hamidullayev Soccerway
- Baxtiyor Hamidullayev NFT saytidagi profili
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Baxtiyor Hamidullayev haqida, Baxtiyor Hamidullayev nima? Baxtiyor Hamidullayev nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!