Joʻrabek Mirzamahmudov
- Vikipediyada ismi Joʻrabek va familiyasi Mirzamahmudov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Mirzamahmudov Joʻrabek Tursunpoʻlatovich (oʻzbekcha: Мирзамаҳмудов Жўрабек Турсунпулатович) — 2022-yildan hozirga qadar O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri, 2020—2022-yillarda — Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori.
Mirzamahmudov Joʻrabek Tursunpoʻlatovich | |
---|---|
Мирзамаҳмудов Жўрабек Турсунпулатович | |
| |
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri | |
Mansab davri 2022-yil 29-sentyabrdan – hozirgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Alisher Sultonov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 23-oktyabr 1979-yil Uychi tumani, Namangan viloyati |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi |
Mukofotlari | ![]() |
Biografiyasi
1997—1999 — Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti talabasi.
1999—2001 — “Umid" fondi” yoʻllanmasi boʻyicha AQShning Alabama universiteti talabasi.
2002—2003 — Buxoro neftni qayta ishlash zavodi muhandisi.
2003—2006 — “Oʻzlitineftgaz” OAJ neft va gazni qayta ishlash texnologik-kompleksi boʻlimida muhandis, neft va gazni qayta ishlash va transportni gazga tayyorlash boʻlimi ilmiy-texnik kompleksi muhandisi, kichik ilmiy xodim, TEO va istiqbolli loyihalash boʻlimi 1-toifali muhandisi, yetakchi muhandisi.
2006—2012 — “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, investitsiyalar dasturi va resurslarni prognozlashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari — “Neftegazinvest” korxonasi direktori.
2012—2014 — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari.
2014—2017 — “Oʻzkimyosanoat” davlat kompaniyasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari, istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar boʻyicha boshqaruv raisining oʻrinbosari.
2017—2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot tahlil departamenti mudiri
2018—2019 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzatom” agentligi bosh direktori.
2019—2022 — Oʻzbekiston Respublikasi Eneretika vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzatom” agentligi bosh direktori.
2022-yildan — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri.
Mukofotlari
2024-yil 24-avgustda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan.
Havolalar
- Facebook sahifasi
- Instagram sahifasi
Manbalar
- „Jo‘rabek Mirzamahmudov bosh vazir o‘rinbosari — energetika vaziri etib tayinlandi“. gazeta.uz.
- Oʻzbekiston Respublikasi atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori
- „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз уч йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Joʻrabek Mirzamahmudov haqida, Joʻrabek Mirzamahmudov nima? Joʻrabek Mirzamahmudov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!