Joʻrabek Rahimov
- Vikipediyada ismi Joʻra va familiyasi Rahimov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Joʻrabek Rahimovich Rahimov — oʻzbek iqtisodchisi, davlat arbobi. 2022-yildan Xorazm viloyati hokimi. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi. Xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tuman Kengashi deputati.
Joʻrabek Rahimovich Rahimov | |
---|---|
![]() ![]() | |
Mansab davri 2022-yil 16-dekabrdan | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Farhod Ermanov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 10-iyul 1981-yil Shovot tumani, Xorazm viloyati |
Mukofotlari | ![]() ![]() |
Hayoti
Maʼlumoti
2003-yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2005-yilda Toshkent davlat agrar universiteti magistraturasini, 2012-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi olim-agronom, iqtisodchi.
Mehnat faoliyati
1997—1998 — Shovot tumani Guliston shirkat xoʻjaligi aʼzosi.
1998—1999 — Shovot tumani „Matqurbon Botir“ fermer xoʻjaligi rahbari.
1999—2003 — Toshkent davlat agrar universiteti talabasi (sirtqi).
2000—2003 — Shovot tumani „Matqurbon Botir“ fermer xoʻjaligi rahbari.
2003—2005 — Toshkent davlat agrar universiteti magistranti.
2005—2006 — Shovot tumani „Matqurbon Botir“ fermer xoʻjaligi rahbari.
2006—2007 — Shovot tumani oʻsimliklarni himoya qilish markazi otryadi yetakchi agronomi, markaz direktori.
2007—2008 — Shovot tumani hokimligi ish yurituvchisi.
2008—2011 — Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi Shovot tumani vakilligi direktori.
2011—2013 — Shovot tumani qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻining agrotexnologiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari.
2011—2013 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyati qurilishi akademiyasi tinglovchisi.
2013—2013 — Shovot tumani qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi.
2013—2016 — Xorazm viloyati qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi.
2016—2018 — Bogʻot tumani hokimi.
2018—2022 — Qoʻshkoʻpir tumani hokimi.
2022—2023 — Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi.
2023-yildan — Xorazm viloyati hokimi.
Mukofotlari
2017-yilda Sodiq xizmatlari uchun medali bilan mukofotlangan.
2024-yil 24-avgustda Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan.
Manbalar
- Hayfsan bilan viloyatni rivojlantirib boʻladimi? Xorazm hokimi 13 nafar hokimga hayfsan va jarima qoʻlladi
- Xorazm viloyatiga yangi rahbar tayinlandi
- Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
- Joʻrabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi etib tasdiqlandi
- „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз уч йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Joʻrabek Rahimov haqida, Joʻrabek Rahimov nima? Joʻrabek Rahimov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!