Namangan adirlari
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Namangan adirlari - Namangan viloyatidagi adirlar. Namangan shahridan shim.da, jan.-gʻarbiy yoʻnalishda joylashgan. Uzunligi 35–40 km, eni 8–10 km. Adirlar pliotsen — quyi toʻrtlamchi davrning qoʻngʻir alevrolitlaridan tu-zilgan, ularga kichik qatlam holda gravelit va konglomeratlar aralashgan. Namangan adirlari meridianal yoʻnalishda oqadigan soy (Chortoqsoy, Pochchaotasoy, Namangan-soy, Kosonsoy va boshqalar)lar oʻzani bilan boʻlingan. Chekkalari atrofidagi tekisliklarga sekin-asta qoʻshilib ketgan. Bir oz tikroq yon bagʻirlarida tub jinslar yuzasi ochilib krlgan. Tuproqlari yuvilgan, dagʻal skeletli, yupqaroq, gumus miqdori 0,5—1,0%. Oddiy boʻz tuproklarda rang, qoʻngʻirbosh, efemeroidlar keng tarqalgan. Yaylov chorvachiligida foydalaniladi. Keyingi vaqtlarda adirli yerlar oʻzlashtirilishi munosabati bilan tuproqlarning shoʻrlanishi, eroziya, yon bagʻirlarining oʻpirilishi kabi jarayonlarning rivojlanishi kuzatilmoqda.
Manbalar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Namangan adirlari haqida, Namangan adirlari nima? Namangan adirlari nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!