Oʻtkir Hoshimov
Oʻtkir Hoshimov (1941-yil 5-avgust, Toshkent – 2013-yil 24-may, Toshkent) – oʻzbekistonlik yozuvchi va jamoat arbobi. Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil olgan. Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi (1991).
Oʻtkir Hoshimov | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi | 5-avgust 1941-yil Toshkent shahri, Do'mbirobod mahallasi |
Vafoti | 24-may 2013-yil (71 yoshda) Toshkent shahri |
Ijod qilgan tillari | o'zbek |
Fuqaroligi | SSSR va O'zbekiston |
Alma mater | Toshkent davlat universiteti |
Janr | Nasr |
Mukofotlari | ![]() ![]() ![]() |
Turmush oʻrtogʻi | Oʻlmasxon Hoshimova |
Hayoti
Oʻtkir Hoshimov 1941-yilning 5-avgustida Toshkent viloyatining Zangiota tumani Doʻmbirobod mavzesida tavallud topgan. 1958-yilda oʻrta maktabni bitirib, Toshkent Davlat universiteti jurnalistika boʻlimining avval sirtqi, soʻngra kunduzgi boʻlimida oʻqib, 1964-yilda tamomlagan. 1959—1960-yillarda „Temir yoʻlchi“, 1960-yilda hozirgi „O‘zbekiston ovozi“, 1960-1982 yillarda „Toshkent haqiqati“, „Toshkent oqshomi“, 1982—1983 yillarda Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida, 1985—1995-yillarda „Sharq yulduzi“ jurnaliga bosh muharrir va 1995-yildan 2004-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Matbuot va axborot qoʻmitasi raisi sifatida faoliyat koʻrsagan. Keyinchalik Teatr jurnalida muharrirlik qilgan.
Asarlari
Pyesalar
- „Toʻylar muborak“
- „Sizdan ugina, bizdan bugina“
- „Vijdon dorisi“
- „Inson sadoqati“
- „Qatagʻon“
Ocherklar
- „Po‘lat chavandozlar“ (toʻplam. 1962-yil)
Qissalar
- „Cho‘l havosi“ (1964-yil)
- „Bahor qaytmaydi“ (1970-yil)
- „Qalbingga quloq sol“ (1973-yil)
- „Ikki karra ikki-besh“ (1987-yil)
Hikoyalar
- „Urushning soʻnggi qurboni“
- „Yanga“
- „Muhabbat“
- „Dehqonning bir kuni“
- „Umr savdosi“
- „Quyosh tarozusi“
- „Oq bulut, oppoq bulut“
Romanlar
- „Nur borki, soya bor“ (1976-yil),
- „Ikki eshik orasi“ (1985-yil),
- „Tushda kechgan umrlar“ (1993-yil)
Ssenariylar
- „Xazon boʻlgan bahor“
- „Inson sadoqati“ (1975-yil)
- „Vijdon dorisi“
- „Toʻylar muborak“ (1979-yil)
- „Qatagʻon“
Oʻtkir Hoshimovning 40 yil davomida yozilgan „Daftar hoshiyasidagi bitiklar“ nomli hikmatlar toʻplami 2001-yilda chop etilgan.
Ekranlashtirish
Oʻtkir hoshimovning „Bahor qaytmaydi“ qissasi asosida 1972-yilda shu nomli film suratga olingan.
Mukofotlari
„Ikki eshik orasi“ romani uchun 1986-yilda Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. 1997-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan.
Ernest Hemingway, Konstantin Simonov, Kuprin va boshqa adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Tanqidlar
1990-yilda Oʻtkir Hoshimov oʻzi bosh muharrir boʻlgan „Sharq yulduzi“ jurnalida Qurʼonning ilk oʻzbekcha tarjimasini chop ettirgan. Toshkentdagi „Ateizm uyi“ kabi idora vakillari Qurʼon suralarida milliy kamsitish elementlari bor¸ deya „Sharq yulduzi“ jurnalida Qurʼon tarjimasini chop etilishini toʻxtatishga urinishgan[manba kerak].
Vafoti
Oʻtkir Hoshimov 2013-yil, 24-may kuni, 71 yoshida vafot etgan. Toshkentning Doʻmbirobod masjididagi juma namozidan keyin dafn etilgan.
Xotirasi
Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqa jamoatchilik vakillarining tashabbusi bilan 2021-yilda Oʻtkir Hoshimov tavalludining 80 yilligi nishonlangan.
Manbalar
- Hoshimov, O'tkir „Taniqli o‘zbek adibi O‘tkir Hoshimov vafot etdi“. bbc.com. bbc.com. Qaraldi: 22-iyul 2024-yil.
- Hoshimov, O'tkir „O‘zbekiston xalq yozuvchisi va jamiyat arbobi O‘tkir Hoshimovdir (1941 - 2013). U qariyb qirq yildan buyon o‘zining ajoyib publitsistik maqolalari, xikoya, qissa va romanlari bilan adabiyotimiz taraqqiyotiga munosib ulush qo‘shib keldi.“. arboblar.uz. arboblar.uz. Qaraldi: 22-iyul 2024-yil.
- Hoshimov, O'tkir „O'tkir Hoshimov“. ziyouz.com. ziyouz.com. Qaraldi: 22-iyul 2024-yil.
- „Daftar hoshiyasidagi bitiklar“. cyberleninka.ru. Qaraldi: 22-iyul 2024-yil.
- Bahor qaytmaydi „Bahor qaytmaydi“. kino-teatr.ru. kino-teatr.ru. Qaraldi: 22-iyul 2024-yil.
- „„Xalq so‘zi" gazetasi 1997-yil 27-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 26-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining olti yilligi munosabat bilan fan, madaniyat, ma`rifat, ommaviy axborot vositalari va ijodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida» gi farmon“ (http://press.natlib.uz/).
- Hoshimov, O'tkir „‘ZBEKISTON XALQ YOZUVCHISI O‘TKIR HOSHIMOV TAVALLUDINING 80 YILLIGINI KENG NISHONLASH TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Qaraldi: 22-iyul 2024-yil.
Havolalar
Vikiiqtibosda Oʻtkir Hoshimovga tegishli iqtiboslar mavjud. |
![]() | Vikiomborda Oʻtkir Hoshimov haqida turkum mavjud |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Oʻtkir Hoshimov haqida, Oʻtkir Hoshimov nima? Oʻtkir Hoshimov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!