Namangan trolleybusi

Namangan trolleybusi 1973-yilda tashkil etilgan va 2010-yilda faoliyati tugatilgan Namangan shahrining yopiq trolleybus tizimidir.

Namangan trolleybusi
Trolleybus tizimi
Mamlakat image Oʻzbekiston
Shahar Namangan
Ochilgan yili 1973-yil 4-aprel
Yopilgan yili 2010-yil 4-yanvar
Yoʻnalish soni 5 ta
Kontakt tarmogʻining uzunligi 14 km
Trolleybus parki soni 1
Trolleybus modellari ZiU-9

Tarixi

Namanganda ilk trolleybus yoʻnalishi 1973-yil 4-aprelda ochilgan. Keyingi yillarda trolleybus tarmogʻi kengaydi. Oxirgi yillarda shaharda 1999-yil aprel oyida foydalanishga topshirilgan va atigi 14 km uzunlikdagi bitta trolleybus liniyasi faoliyat olib bordi. Bu trolleybus Namangan (temir yoʻl vokzali) – Toʻraqoʻrgʻon shahri yoʻnalishida qatnagan. 2004-yilda kontakt tarmogʻi temir yoʻl vokzali oxiridan boshlab liniyada almashtirildi. U Zichiskaya ko‘chasidan Taxtako‘prikning oxirigacha o‘tdi, lekin trolleybuslar chiziqdan chiqmadi.

Oxir-oqibat, 2010-yil 4-yanvarda yagona faol trolleybus liniyasi yopildi. Trolleybus liniyasi yopilgan vaqtda yo‘l haqi 200 so‘m edi. Namangandagi oxirgi trolleybus yoʻnalishi yopilishi munosabati bilan uning oʻrnini 17-sonli „Oxangar—Sardoba“ yoʻnalishidagi avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyildi, buning uchun shaharga keltirilgan ISUZU rusumli 200 dona avtobusdan 16 tasi ajratildi.

Yoʻnalishlari

Shaharda beshta trolleybus yoʻnalishi trolleybuslar harakatlangan:

  • 1-yoʻnalish: Markaziy bozor – 1-mitti tuman;
  • 2-yoʻnalish: Ittifoq – Shimoliy Fargʻona kanali;
  • 3-yoʻnalish: Markaziy bozor (aylanma yoʻnalish);
  • 4-yoʻnalish: Markaziy bozor (aylanma yoʻnalish);
  • 5-yoʻnalish: Taxtako‘prik – Gʻirvonsoy.

Yuqorida aytib oʻtilgan yoʻnalishlar tugatilgandan soʻng, shaharda faqat bitta yoʻnalish (shaharlararo) qoldi:

  • 1-yoʻnalish: Namangan (Temir yo‘l vokzali) – To‘raqo‘rg‘on (“Oxangar-TTT” zavodi)

2004-yilda yana bir liniya ishga tushirilishi rejalashtirilgan edi: Temir yoʻl vokzali – Taxtakoʻprik mavzesi.

Trolleybuslar turi va tavsifi

image
Krasnodar shahrida harakatlangan ZiU-9 modelidagi trolleybuslar

Namangan trolleybus yo‘nalishlariga shaharlararo yoʻlovchi tashishga moʻljallangan katta sigʻimli ZiU-9 modelidagi sovet trolleybuslari xizmat ko‘rsatgan.

ZiU-9 prototipi 1966-yilda ishlab chiqilgan boʻlib, u baland qavatli, uch eshikli boʻlgan. Old tomonda tor eshik, oʻrta va oxirida ikkita keng eshik boʻlgan. Qavat-qavatli eshiklarni ochish-yopish uchun dastlab elektroprivod, 1990-yillardan boshlab esa pnevnoprivod qoʻllangan.

Manbalar

  1. „Троллейбусы в Намангане История линия и Табор“. ruwiki.press. 2022-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-mart.
  2. „Узбекистан, апрель 2008 (+)“. forum.tr.ru. 2022-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-iyun.
  3. „Троллейбусы остановлены в двух регионах“. Gazeta.uz (2010-yil 4-yanvar). Qaraldi: 8-iyun 2023-yil.
  4. „Москва, троллейбус № 5000“ (ru). Городской электротранспорт. 2022-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-iyun.
  5. „Дверные механизмы троллейбусов“ (ru). ElTroll (2016-yil 1-sentyabr). 2022-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-iyun.
  6. „Троллейбус ЗиУ-682Б (ЗиУ-9Б)“ (ru). ElTroll (2016-yil 24-avgust). 2022-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-iyun.

Havolalar

Namangan - shahar elektr transporti

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Namangan trolleybusi haqida, Namangan trolleybusi nima? Namangan trolleybusi nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan