Akbarxoʻja Rasulov
- Vikipediyada ismi Akbar va familiyasi Rasulov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Akbarxoʻja Rasulov (1986-yil 28-sentyabr, Toshkent, OʻzSSR) – oʻzbek teatr va kino aktyori.
Akbarxo‘ja Rasulov | |
---|---|
| |
Tavalludi | 28-sentyabr 1986-yil Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | ![]() ![]() |
Kasbi | Aktyor |
Boʻyi | 1.74 m |
Hayoti
Akbarxoʻja Rasulov 1986-yil 28-sentyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. U oilada 4 farzandning kenjasi. Oʻrta maktabni tamomlaganch 2003-yilda Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutining (hozirgi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti) estrada aktyorligi fakultetiga davlat granti asosida oʻqishga kiradi va 2007-yilda oʻqishni bitiradi. 2015-yilning 12-oktyabr oyida oila qurgan boʻlib, hozirgi kunda uning bir qiz va oʻgʻil farzandi bor. 2021-yilga kelib esa Turkiyada oʻz biznesini boshlagan.
Faoliyati
Akbarxoʻja Rasulov 1998-yilda „Kelajak tongi“ radiostudiyasida suhandon sifatida ishlagan. Oliy oʻquv yurtini bitirganidan soʻng Toshkent yoshlar teatrida, soʻng 2007–2009-yillarda Bahodir Yoʻldoshev asos solgan „Diydor“ teatrida aktyor sifatida faoliyat yuritgan. Teatrdagi faoliyati davomida „Yulduzli tunlar“, „Vanya amaki – Astrov“ (ruscha: „Дядя Ваня — Астров “), „Ajoyib hikoya“ (ruscha: „Удивительная история“) kabi rollarni ijro etgan.
Uning kinofilmdagi ilk roli „Xoʻja Nasriddin: Oʻyin boshlandi“ filmi boʻlib, undan epizodlarda koʻrinish bergan. Keyinchalik „Yoʻqolgan odam“, „Iblis devori“, „Poyma-poy“, „Kechikkan hayot“, „Sevginator 2“, „Hur qiz“, „Jasur“, „Afgʻon“, „Xiyonat“, „Jigarbandim“, „Taqdirlar“, „Scorpion“, „Ibrat“, „Mendirman Jaloliddin“ kabi filmlarda rol ijro qilgan. Bundan tashqari u Rossiya, Ukraina va Turkiya film va seriallarida ham rol ijro qilgan. Jumladan, Rossiyaning „Razvedchiki. Posledniy boy“ filmida Yulay obrazini, Ukrainaning „Sorokapyatka“ filmida Djalmetov obrazini, Turkiyaning "Qurilish Usmon" yoki „Hukmdor Usmon“ (turkcha: „Kurulush Osman“'') tarixiy serialida Chingizxonning yirik sarkardalaridan biri Subutoy obrazini gavdalantirgan.
Filmografiyasi
Yil | Nomi | Obraz | Izoh |
---|---|---|---|
2021 | Mendirman Jaloliddin | Oʻzloqshoh | Serial |
2020 | Ibrat | ||
"Qurilish Usmon" yoki „Hukmdor Usmon“ (turkcha: „Kurulush Osman“') | Subutoy | Turkiya tarixiy seriali | |
2019 | Avto sarguzashtlar | Dublyajda ishtiro etgan | |
2018 | Scorpion | ||
Mednoe solnse | |||
2017 | Nazira | Shokir, Nazirning katta oʻgʻli | Bosh rol |
Oh, Salima, Salima! | |||
2016 | Ustyurtga yoʻl | Hujjatli film | |
Qizlarning jahli chiqdi | |||
Virus | |||
2015 | Aka | ||
Hayotda... | |||
2014 | Delo Batagami | haydovchi | |
Katta hovli | |||
2012 | Xiyonat | Bosh rol | |
Jasur | Sardor, avtobusdagi yoʻlovchi | ||
Taqdirlar | Sarvar, bankning bosh direktori | Bosh rol | |
Jigarbandim | |||
Dunyo | |||
2011 | Hur qiz | ||
Afgʻon | Akbar, raisning oʻgʻli | ||
2010 | Sevginator 2: Qaynona operatsiyasi | ||
Oxotniki za karavanami | Saidov | ||
Kechikkan hayot | |||
2009 | Sled salamandri | Epizod | |
Poyma-poy | Zafar, Shohruhning akasi | ||
2008 | Iblis devori | Rahmatning katta oʻgʻli, ichki ishlar hodimi | |
Sorokapyatka | Djalmetov | Ukraina film | |
Razvedchiki. Posledniy boy | Yulay, aygʻoqchi | ||
2007 | Panoh | ||
Yoʻqolgan odam | Karim, Davronning doʻsti | ||
Zastava | Epizod | ||
2006 | Xoʻja Nasriddin: Oʻyin boshlandi | Epizod, Rossiya va Oʻzbekiston filmi | |
2002 | Cinedictum | Bolakay |
Manbalar
- „Акбар Расулов“. Qaraldi: 16-iyul 2024-yil.
- Kun.uz. „Aktyor Akbarxo‘ja Rasulovning to‘yida Alisher Uzoqovni ko‘rishdi“ (2015-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
- Daryo.uz. „Dinshunos Zarina, psixolog Muqaddas, sharqshunos Jamila: qaysi mashhur san’atkorlar bir urinishda oliygohga o‘qishga kirgan?“ (2016-yil 11-avgust). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
- Daryo.uz. „O‘zbek shou-biznesida nima gaplar? (foto)“ (2015-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
- Akbarxo'ja Rasulov (2021-03-20), Akbarxo'ja Rasulov dan yangilik., qaraldi: 2024-07-16
- Daryo.uz. „Instagram: Turkiyaga ketib, biznes boshlagan Akbarxo‘ja Rasulov, “Fayod” guruhi qizlari hozir qayerda? Boshdan oyoq kiyinishga 8 ming dollar sarflaydigan Ahad Qayum“ (2021-yil 17-mart). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
- Daryo.uz. „O‘zbek aktyorlarining birinchi gonorarlari: 244 so‘m olgan radiosuxandon, “Sumerki”dagi 750 dollarlik rol, ikki qismli klipdagi ijro uchun 50 ming so‘m“ (2016-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
- „АКБАРХОДЖА РАСУЛОВ“. Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
- „Akbarxoʻja Rasulov“. Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
- Daryo.uz. „Akbarxo‘ja Rasulov Burak O‘zchivit bosh rolni o‘ynagan “Qurilish: Usmon” serialida suratga tushmoqda (video)“ (2020-yil 29-may). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
- Kun.uz. „«Hukmdor Usmon» seriali namoyishi tiklanmadi. MY5 telekanali vakili bunga AOKAning xati sabab bo‘lganini aytmoqda“ (2021-yil 4-fevral). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
- Daryo.uz. „Istanbulda “Mendirman Jaloliddin” serialining syomkasi boshlandi. Ikkinchi mavsumda ijodiy jamoaga yangi aktyor va aktrisalar qo‘shildi“ (2022-yil 20-may). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
- Daryo.uz. „“Insonning qandoq ko‘milishi emas, qandoq yashag‘oni muhim”. Jahongir Qosimovning “Ibrat” tarixiy filmi treyleri e’lon qilindi (video)“ (2020-yil 31-mart). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
- Daryo.uz. „O‘zbekistonda milliy avtomobillar ishtirok etgan 3D multfilm suratga olindi“ (2019-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
- Kun.uz. „«SCORPION» haqida eshitganmisiz? Filmni kinoteatrda tomosha qilish uchun 5ta sabab“ (2018-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
- Daryo.uz. „“Ustyurtga yo‘l” filmi namoyishi boshlandi“ (2016-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
- Daryo.uz. „Toshkentda Zarina Nizomiddinova ishtirokidagi “Qizlarning jahli chiqdi” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi“ (2016-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
- Daryo.uz. „Shahzoda Matchonova qandaydir videoni YouTube’ga chiqarib yuborish bilan Diyorbek Mahkamovga tahdid qildi (“Dahshat film”dan ta’sirli treyler)“ (2016-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
- Kun.uz. „Ulug‘bek Qodirov “Aka” filmi uchun 20 kg ga semirdi, “Baron” uchun yana 20 kg ga ozdi“ (2015-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
- Daryo.uz. „O‘zbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Hayotda...” filmi “Kinoshok” festivalida qatnashadi“ (2015-yil 21-avgust). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
- Daryo.uz. „«Hayotda...» filmi «Kinoshok»da qatnashadi“ (2015-yil 20-avgust). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
- „O‘zbekiston katta oila sifatida talqin etilgan “Katta hovli” filmi suratga olindi“ (2014-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
Havolalar
- Akbarxo‘ja Rasulov IMDbda
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Akbarxoʻja Rasulov haqida, Akbarxoʻja Rasulov nima? Akbarxoʻja Rasulov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!