Mirzohid Gʻofurov
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Mirzohid Abdulbekovich Gʻofurov | ||
| Tavallud sanasi | 24-avgust 1988-yil | ||
| Tavallud joyi | Chortoq tumani, Oʻzbekiston SSR | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Navbahor | ||
| Raqami | 19 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2006 | Navbahor | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2007—2008 | UzDongJu | 25 | (2) |
| 2009—2010 | Navbahor | 5 | (0) |
| 2011—2014 | Mashʼal | 78 | (8) |
| 2015 | Bunyodkor | 8 | (1) |
| 2015—2017 | Mashʼal | 38 | (5) |
| 2017—2021 | Navbahor | 125 | (5) |
| 2022—2024 | Neftchi | 64 | (3) |
| 2025— | Navbahor | 0 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2024-yil 9-dekabr uchun) | |||
Mirzohid Gʻofurov (ruscha: Мирзохид Ғофуров; 1988-yil 24-avgust Oʻzbekiston SSR, Namangan viloyati, Chortoq tumanida tugʻilgan) – Oʻzbekistonlik futbolchi, pozitsiyasi boʻyicha himoyachi. Hozirda Namanganning „Navbahor“ klubi futbolchisi.
Futbolchilik faoliyati
| ]Mirzohid Namangan futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Katta futboldagi faoliyati Andijonda, boʻyoqchilar klubi „UzdongJu“ klubida boshlagan. Andijonliklar safida 2 mavsum davomida toʻp surgan. 2009-yil Namanganning „Navbahor“ klubi tarkibiga oʻtadi. 2011-yilgi mavsumda Muborakning „Mash’al“ klubi tarkibiga borib qoʻshiladi va 4 mavsum davomida „gazchilar“ sharfini himoya qiladi. 2015-yilgi mavsum avvalida Toshkentning „Bunyodkor“ klubiga Sergey Lushan taklifiga koʻra, qaldirgochlar libosini kiyadi. Yarim mavsum davomida „Bunyodkor“ klubi sharafini himoya qilgan Mirzohid 2015-yil yozgi mavsumida Muborakning „Mash’al“ klubiga qaytadi. Muborakliklar safida 2 mavsum davomida toʻp surgan va 2017-yil sobiq jamoasi „Navbahor“ klubiga qaytgan. Lochinlar sharafini 5 mavsum davomida himoya qilib 2018-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasida bronza medallariga sazovoz boʻlgan. 2022-yilgi mavsumda yangi oʻzgarishlarni boshdan kechirayotgan Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Uch mavsum davomida „Neftchi“ klubi tarkibida 64 ta oʻyinda 3 ta gol muallifi boʻlgan.
Yutuqlari
| ]- Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin: 2018
- Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: (1) 2013
- Oʻzbekiston PFL kubogi gʻolibi: (1) 2014
Manbalar
| ]- „Mirzohid G'ofurov "Mashal" bilan shartnomasini uzaytirdi“. 2023-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-mart.
- „Obid Jo'raboev bilan Mirzohid G'ofurov "Bunyodkor"da“. 2023-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-mart.
- „Mirzohid G'ofurov "Mashal"ga qaytdi“. 2023-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-mart.
- „"Mashal" ikkinchi davra oldidan yangi futbolchilarni tanishtirdi VIDEO“. 2023-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-mart.
- „"Mashal"ni yana uch futbolchi tark etdi“. 2023-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-mart.
- „Rasmiy xabar: "Navbahor" futbolchisi "Neftchi"ga o'tdi“. 2023-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-mart.
- „"Neftchi" Mirzohid G'ofurov bilan shartnomani uzaytirdi“. 2023-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-mart.
Havolalar
| ]- Mirzohid Gʻofurov OʻzPFL saytida
- Mirzohid Gʻofurov Soccerway saytida
- Footballfacts.ru Mirzohid Gʻofurov profili
- Transfermarkt.world Mirzohid Gʻofurov profili
- 24-avgustda tugʻilganlar
- 1988-yilda tugʻilganlar
- Chortoq tumanida tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol himoyachilari
- Uz DongJu klubi futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Mashʼal klubi futbolchilari
- Bunyodkor klubi futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Mirzohid Gʻofurov haqida, Mirzohid Gʻofurov nima? Mirzohid Gʻofurov nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!