Ruslanbek Jiyanov
Ruslanbek Jiyanov (2001-yil 5-iyunda Toshkentda tugʻilgan) — oʻzbek futbolchisi, „Navbahor“ klubi va Oʻzbekiston Olimpiya futbol terma jamoasi hujumchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ruslanbek Muzaffar oʻgʻli Jiyanov | ||
Tavallud sanasi | 5-iyun 2001-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 1,70 sm | ||
Ampluasi | Qanot vingeri | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Navbahor | ||
Raqami | 11 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2018—2020 | Paxtakor | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2020—2021 | Paxtakor | - | (-) |
2021—2022 | Olimpik | 42 | (7) |
2023— | Pari NN | 0 | (0) |
2023 | → Olimpik | 11 | (2) |
2024— | → Navbahor | 44 | (9) |
Milliy terma jamoa | |||
2020—2024 | Oʻzbekiston U 23 | 16 | (2) |
2022— | Oʻzbekiston | 5 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2025-yil 2-sentyabr uchun) |
Futbolchilik faoliyati
Ruslanbek Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblabnadi. 2020-yil mavsum soʻnggida yangi tashkil etilgan „Olimpik“ klubi tarkibiga qoʻshildi. Professional futboldagi debyutini Oʻzbekiston Pro ligasida 2021-yilda „Olimpik“ jamoasida oʻtkazgan. Jiyanov „Olimpik“ da 2 mavsum oʻtkazib, 42 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan.
2023-yilda Rossiyaning „Pari NN“ klubining katta qiziqishiga sabab boʻldi va rus klubiga transferi amalga oshirildi. Yangi klubi bilan shartnomaga koʻra 2023-yil yozgi transfer oynasi vaqtigacha „Olimpik“ jamoasi safida toʻp suradigan boʻldi. 2023-yil 24-iyulda ijara shartnomasi yakunlangacha Jiyanov rus klubi tarkibiga uchib ketdi. Rus klubi tarkibida birorta ham oʻyinda maydonga tushmay, oʻyin amaliyotisiz qolgan Ruslan 2023-yil 31-dekabrda Namanganning „Navbahor“ jamoasiga bir yillik ijara asosida oʻtdi.
Milliy terma jamoa
Ruslanbek 2020-yildan buyon Oʻzbekiston U 23 terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi. U 23 terma jamoasi bilan birgalikda Toshkent oʻtgan Osiyo Chempionati U 23 2022 musoboqasida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Kattalar safidagi, Oʻzbekiston terma jamoasidagi debyuti 2022-yil Rossiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda boʻib oʻtdi.
Yutuqlari
- AFC U-23 Osiyo chempionati 2022: Ikkinchi oʻrin (1)
Mukofotlari
2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Manbalar
- [https://globalsportsarchive.com/people/soccer/ruslanbek-jiyanov/391367/ globalsportsarchive.com]
- „Русланбек Жиянов — терма жамоага чақирилиши ҳақида: Тўғриси, кутмаган эдим“. sports.uz.
- „ВИДЕО Тарихий гол Жияновга ёзилди“. 2023-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-fevral 2023-yil.
- „"Нижний Новгород" Руслан Жиянов трансферини эълон қилди“. 2023-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-fevral 2023-yil.
- „Русланбек Джиянов в «Пари НН» до 2026 года“ (ru). FC Pari Nizhny Novgorod (2023-yil 10-fevral). 2023-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
- „Руслан Жиянов Россия клуби билан шартнома имзолагач "Олимпик"ка қайтади“. 2023-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-fevral 2023-yil.
- „Ruslan Jiyanov "Olimpik"ni tark etib, Rossiyaga uchib ketdi“. 2023-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
- „Расман: Русланбек Жиянов — "Навбаҳор" ўйинчиси“ (2023-yil 31-dekabr).
- „Uzbekistan vs. Russia (0:0)“.
- „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-iyundagi „Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“gi farmoni“. president.uz (2025-yil 6-iyun). 2025-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 6-iyun.
Havolalar
- Ruslanbek Jiyanov Soccerway saytida
- Ruslanbek Jiyanov transfermarkt
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ruslanbek Jiyanov haqida, Ruslanbek Jiyanov nima? Ruslanbek Jiyanov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!