Umidjon Ergashev
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Umidjon Ergashev Ikromjonovich | ||
| Tavallud sanasi | 20-mart 1999-yil | ||
| Tavallud joyi | Chelak, Samarqand, Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 1.83 m (6 ft 0 in) | ||
| Ampluasi | Darvozabon | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Navbahor | ||
| Raqami | 1 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Nasaf | |||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2017—2024 | Nasaf | 0 | (0) |
| 2025— | Navbahor | 52 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2016 | Oʻzbekiston U-19 | 2 | (0) |
| 2018 | Oʻzbekiston U-20 | 3 | (0) |
| 2020 | Oʻzbekiston U-23 | 2 | (0) |
| 2022— | Oʻzbekiston | 0 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Umidjon Ergashev (1999-yil 20-martda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, „Navbahor“ klubida darvozabon ampulasida oʻynaydi.
Ilk yillar
| ]Umidjon Ergashev 1999-yil 20-mart kuni Samarqand viloyatining Chelak qishlogʻida tavallud topgan. Juda kichik yoshidan futbolga kuchli qiziqishi boʻlgan. Buni sezgan oila aʼzolari Umidjonni Nasaf akademiyasiga olib kelishgan. 2017-yilgacha darvozabon Nasaf jamoasining turli yoshdagi jamoalari darvozasini qoʻriqlagan.
Futbolchilik faoliyati
| ]Klub faoliyati
| ]2017-yil 1-yanvardan Nasaf klubi bilan shartnoma tuzgan. Shundan buyon turli musobaqalarda 60 ta oʻyinda jamoa darvozasini qoʻriqlagan. Amaldagi shartnomasi 2024-yil 31-dekabrgacha imzolangan boʻlib, transfer narxi 300 000 yevroni tashkil etadi.
2023-yilgi mavsumda Umidjon Oʻzbekiston Superligasida 2 marotaba asosiy tarkibda maydonga tushgan va 180 daqiqa davomida toʻliq harakat qildi. Ushbu 2 ta oʻyinda jami 9 ta toʻp oʻtkazib yubordi va bu uning asosiy tarkib uchun kurashiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Sariq va qizil kartochkalar olmadi. 10 ta oʻyinni zahiradan kuzatdi.
2024-yil 27-dekabrda Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Oʻzbekiston terma jamoalarida
| ]Umidjon Ergashev 2016-yilda Oʻzbekiston U-19 jamoasiga chaqirilgan va Osiyo chempionatida 2 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2018-yilda Uzbekistan U-20 jamoasiga, 2020-yil esa Oʻzbekiston U-23 jamoasiga chaqiruv olgan. Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga ham bir necha marotaba chaqiruv olgan boʻlsada, hali maydonga tushmagan.
| Terma jamoa | Oʻyin | Gol | Daqiqa |
|---|---|---|---|
| Oʻzbekiston U-19 | 2 | 0 | 180 |
| Oʻzbekiston U-20 | 3 | 0 | 270 |
| Oʻzbekiston U-23 | 2 | 0 | 180 |
| Oʻzbekiston | 0 | 0 | 0 |
Yutuqlar
| ]2021-yilda Ravshan Haydarov boshchiligidagi Oʻzbekiston U-23 jamoasi tarkibida Antalya Cup 2021 xalqaro turnirining eng yaxshi darvozaboni deya topilgan.
Jamoaviy
| ]
Nasaf
- Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi: 2024
- Oʻzbekiston Superligasida kumush medal: 2017, 2020, 2023
- Oʻzbekiston Superligasida bronza medal: 2022
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2021, 2022, 2023
- AFC Kubogi finalchisi: 2021
Manbalar
| ]- [1]
- „Umid Ergashev“. Transfermarkt. Qaraldi: 4-avgust 2023-yil.
- „Umidjon Ergashev“. UzPFL. 2023-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-avgust 2023-yil.
- „Расман: Умиджон Эргашев – "Навбаҳор" футболчиси!“ (2024-yil 27-dekabr).
- „AFC U-19 Championship Bahrain 2016: Meet the Teams“. AFC. Qaraldi: 4-avgust 2023-yil.
- „Umidjon Ergashev "Antalya Cup 2021"ning eng yaxshi darvozaboni deb topildi + FOTO“. Olamsport. Qaraldi: 4-avgust 2023-yil.
Havolalar
| ]- Umidjon Ergashev Transfermarkt saytida
- Umidjon Ergashev Soccerway saytida
- Umidjon Ergashev OʻzPFL saytida
- 20-martda tugʻilganlar
- 1999-yilda tugʻilganlar
- Chelakda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Samarqand viloyati kishilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol darvozabonlari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Umidjon Ergashev haqida, Umidjon Ergashev nima? Umidjon Ergashev nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!