Konstantin Shubladze

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Konstantin Konstantinovich Shubladze
image
 SSSR melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari-
Mansab davri
1966-yil 13-aprel – 1989-yil 25-mart
image
 Oʻzbekiston KP (b) Andijon viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi-
Mansab davri
1944 – 1946
Avvalgisi Yuvenaliy Аlekseyevich Bakulin
Keyingisi Аbdurazzoq Маvlonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 19-avgust 1907-yil
Vafoti 13-aprel 1985-yil (77 yosh)
Siyosiy partiyasi КPSS
Mukofotlari image image image image image image image image image

Konstantin Konstantinovich Shubladze (1907- yoki 1908 — 1985-yil 13-aprel) — sovet davlat, partiya va xoʻjalik arbobi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Andijon viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi (1944—1946), 1960-yillarning 2-yarmida melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari.

Biografiyasi

| ]

Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy-tadqiqot instituti mexanizatsiya boʻlimi boshligʻi, Shimoliy Toshkent kanali qurilishi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasi kotibi boʻlgan. 1944—1946-yillarda — Oʻzbekiston KP (b) Andijon viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi. Qrim tatar yozuvchisi Shamil Alyadin oʻzining ,,Men sening shoh va xudoingman" nomli avtobiografik qissasida eslagab oʻtishicha, garchi Shubladze oʻzini rasman qrim-tatar muhojirlarining huquqlarini cheklash boʻyicha partiya koʻrsatmalariga amal qilgandek koʻrsatsa-da, aslida Shamil Alyadinga bir necha bor homiylik qilgan.

1947-yildan — Oʻzbekiston SSR suv xoʻjaligi vaziri.

1950-yildan boshlab Moskvada, ittifoqdosh ijroiya organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan: 1951-1963 yillarda — SSSR Qishloq xoʻjaligi vazirligida suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi, 1963—1966-yillarda — SSSR Vazirlar Kengashining Sugʻoriladigan dehqonchilik va suv xoʻjaligi Davlat ishlab chiqarish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, 1966-yildan — SSSR melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari. Keyinchalik Qishloq xoʻjaligi ilmiy-texnika birlashmasi markaziy kengashi aʼzosi.

Manbalar

| ]
  1. 13-aprelya 1985 g. na 78-m godu jizni skonchalsya… K. K. Shubladze

Havolalar

| ]
  • Buyurtmalar

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Konstantin Shubladze haqida, Konstantin Shubladze nima? Konstantin Shubladze nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan