Toshkent-Sergeli aerodromi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Toshkent-Sergeli aerodromi
Тошкент-Сергели аэродроми
IATA kodi: none – ICAO kodi: UTEE
Qisqacha bayon
Aeroport turi faoliyati toʻxtatilgan
Egasi image Oʻzbekiston hukumati
Operator Oʻzbekiston havo yoʻllari
Xizmat doirasi Toshkent
Ochilgan 1950-yillar
Yopilgan 2018-yil
Dengiz sathidan balandligi  ft / 392 m
Koordinatalari 41°11′59″N 69°14′21″E / 41.19972°N 69.23917°E / 41.19972; 69.23917
Xarita
image
image
Toshkent-Sergeli aerodromi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
ft m
03/21 600x40 183 × 12 beton

Toshkent-Sergeli aerodromi – Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan faoliyati toʻxtatilgan aerodrom. Hozirgi Yangihayot tumani Fayzli mahallasi hududida joylashgan.

Aerodrom 1950-yillarda tashkil etilgan. Oʻsha vaqtda bu yerda Yak-18 va Po-2 samolyotlari joylashgan, 2010-yil holatiga koʻra, aerodromda „Maxsus aviatsiya ishlari aviakompaniyasi“ DUKka tegishli An-2 samolyotlari va Mi-8 vertolyotlari bor boʻlgan. Turli vaqtlarda bu yerda samolyotlar va vertolyotlar joylashgan, parvoz va vertolyot simulyatorlari va ishchilarni qayta tayyorlash uchun oʻquv kurslari boʻlgan.

2018-yil 15-avgustdagi PF-5511-sonli prezident qaroriga muvofiq, aerodrom hududidagi 4,113 gektar (10,164 akr) maydon „Industrial park“ kichik sanoat zonasi tashkil etish maqsadida Toshkent shahar hokimligi balansiga oʻtkazilgan.

2020-yil 20-yanvardagi Vazirlar Mahkamasining VMQ-35-sonli qaroriga binoan aerodrom hududidagi „IL-86“ trenajyori binosi yangi tashkil etilgan Humo Air aviakompaniyasiga oʻtkazib berilgan.

„Industrial park“ tashkil etilishi kerak boʻlgan 101,64 gektar maydonning 72 gektarida 2022-yil Tashkent INDeX koʻp tarmoqli savdo-sotiq bozori tashkil etilgan.

Manbalar

| ]
  1. Airport of Sergeli
  2. „На территории аэродрома «Ташкент-Сергели» создадут индустриальный парк“. Spot.uz. Afisha Media (2018-yil 16-avgust). Qaraldi: 18-aprel 2025-yil.
  3. „“Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5511-sonli Farmoni“. lex.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (2018-yil 15-avgust). Qaraldi: 18-aprel 2025-yil.
  4. „“O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining VMQ-35-sonli Qarori“. lex.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (2020-yil 20-yanvar). Qaraldi: 18-aprel 2025-yil.
  5. „Tashkent INDeX: Markaziy Osiyoning eng yirik va zamonaviy savdo markazi“. Kun.uz. Web Expert (2025-yil 3-fevral). Qaraldi: 18-aprel 2025-yil.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Toshkent-Sergeli aerodromi haqida, Toshkent-Sergeli aerodromi nima? Toshkent-Sergeli aerodromi nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan